Rossiya va Ukraina örtasidagi uruşni tugatiş böyiça AQŞ rejasi Jyenevadagi muzokaralarda sezilarli darajada qayta körib çiqildi: u 28 banddan 19 bandga qisqartirildi, deb xabar berdi Financial Times naşrining muhokamalar jarayonidan xabardor manbalari.

Qaysi bandlar olib taşlangani aniq aytilmagan, biroq bu Kiyev va uning yevropalik ittifoqçilari hujjatdagi bir qator talablarning maqbul emasligini körsatganidan söng yuz berdi. Xususan, Ukraina armiya sonini çeklaş va hududiy yon berişlar, jumladan Donbassni topşiriş böyiça özining «qizil çiziqlari»ni eslatib ötgan edi. Yevropa uni qöllab-quvvatladi, şuningdek muzlatilgan Rossiya aktivlari böyiça qaror qabul qiliş va Bryussel tomonidan joriy etilgan sanksiyalarni bekor qiliş masalasida özining mutlaq huquqini ta’kidladi.

«Hamma körgan 28 bandli tinçlik rejasi endi mavjud emas. Ba’zi bandlar olib taşlandi, ba’zilari özgartirildi», deb tasdiqladi Ukraina prezidenti devoni rahbari maslahatçisi Oleksandr Bevz. Uning ta’kidlaşiça, «Kiyevning birorta e’tirozi e’tiborsiz qoldirilmagan».

Ilgari Oq uy 23 noyabr kuni Jyenevada bölib ötgan muzokaralar çoğida AQŞ va Ukraina uruşni tugatiş böyiça «yangilangan va aniqlaştirgan» rejani işlab çiqqanini ma’lum qilgan edi. Şu bilan birga, tomonlar kelajakdagi har qanday kelişuv Ukraina suverenitetini qöllab-quvvatlaşi va «barqaror hamda adolatli tinçlikni ta’minlaşi» kerakligiga kelişib oldi.

AQŞ Davlat kotibi Marko Rubio muammoga yeçim topiş yölida «ulkan» yutuqlarga erişilganini ta’kidladi. Uning sözlariga köra, reja hali puxtalanişi kerak, biroq «oqilona muddatlarda» kelişuvga erişiş uçun asoslar bor. Yakuniy matnni AQŞ va Ukraina prezidentlari Donald Tramp va Volodimir Zelenskiy ma’qullaşi kerak, şundan söng hujjat Moskvaga yuboriladi.

«Rostdan ham Rossiya va Ukraina örtasidagi tinçlik muzokaralarida jiddiy siljiş bölişi mumkinmi??? Öz közingiz bilan körmagunça işonmang, lekin ehtimol, yaxşi narsa sodir bölayotgandir», deb yozdi Tramp 24 noyabr kuni özining Truth Social tarmoğida. Bungaça u Ukraina rejani 27 noyabrgaça qabul qilişini ta’kidlagan, biroq keyinçalik taklif etilayotgan hujjat AQŞning «yakuniy taklifi» emasligini aytgan.

Yevropaliklar kelgusi haftada Fransiya, Germaniya va Buyuk Britaniya iştirokida navbatdagi uçraşuvlarni kutmoqda. Şuningdek, muhokamalarga Polşa, Finlyandiya rahbarlari va NATO boş kotibi Mark Ryutte ham qöşilişi mumkin. «Biz hayotiy bölgan qarşi taklifni işlab çiqişga harakat qilmoqdamiz», dedi diplomatlardan biri FT naşriga. Öz navbatida, yevropalik amaldor agar natijaga erişmasa, Tramp Ukrainani qöllab-quvvatlaşni butunlay töxtatişi mumkinligi xavfini tasdiqladi. «Biz bunday ssenariyga ham tayyorgarlik körmoqdamiz», dedi u.

Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskov 24 noyabr kuni Moskva AQŞdan Jyenevada tinçlik rejasi böyiça muzokaralar haqida rasmiy ma’lumot olmaganini aytdi. Uning sözlariga köra, AQŞ va Rossiya vakillarining bu hafta uçraşuvlari ham rejalaştirilmagan.