Germaniya taşqi işlar vaziri Yoxann Vadefulning fikriça, Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ukraina bilan tinçlik muzokaralarini boşlamaslik uçun doimiy ravişda turli bahonalar topmoqda. Vadeful bu haqda 2 dekabr kuni Berlinda Misr taşqi işlar vaziri Badr Abdel Ati bilan uçraşuv çoğida aytgani haqida dpa agentligi xabar berdi.
«Vladimir Putin doim nega u muzokaralar olib borişni istamasligini izohlaş uçun yangidan yangi bahonalar topadi <...>. Şu sababli men uning umuman tinçlik muzokaralariga jiddiy yondaşişiga hali ham şubha bilan qarayman», — deya Germaniya TIV rahbarining sözlarini keltirdi jurnalistlar.
Şu bilan birga, Vadefulning aytişiça, u va AQŞ davlat kotibi Marko Rubio duşanba kuni bölib ötgan telefon suhbati davomida uruşni işonçli tarzda töxtatiş Ukraina va butun Yevropada doimiy tinçlik va xavfsizlikka olib kelişi kerakligini muhokama qilgan. Şuningdek, ular «otişmani töxtatiş vaqti kelgani» borasida hamfikr ekanini qayd etgan.
Germaniya taşqi işlar vaziri AQŞ prezidenti Donald Tramp ma’muriyatiga uruşni töxtatişga qaratilgan sa’y-harakatlari uçun minnatdorlik bildirdi va bu harakatlarning bir qismi sifatida Trampning maxsus vakili Stiven Uitkoffning Moskvaga taşrifi amalga oşişini qöşimça qildi.
Amerika delegatsiyasi 2 dekabr kuni Rossiya va Ukraina örtasida tinçlik kelişuvi yuzasidan Vladimir Putin bilan muzokaralar ötkaziş uçun Moskvaga bordi. Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov AQŞ tomonidan muzokaralarda faqat Uitkoff va Donald Trampning kuyovi Jared Kuşner iştirok etişini ma’lum qilgan.
Moskvadagi uçraşuv paytida Uitkoff Putinga Donald Trampning yangilangan tinçlik rejasi loyihasini taqdim etişi kutilgandi.












