Milliy statistika qömitasi ma’lumotlariga köra, 2025 yil noyabr oyida avtomobil töxtaş joylari xizmatlari narxi avvalgi oy — oktyabrga nisbatan örtaça 2,8 foizga qimmatlaşgan. Şu bilan birga, xizmatlar narxi yil boşidan buyon 15,5 foizga, ötgan yilning mos davriga nisbatan esa 16,2 foizga oşgani qayd etilgan.
Xizmatlar sohasidagi umumiy qimmatlaşiş fonida avtomobil töxtaş joylari narxi ham izçil ösiş tendensiyasini namoyon etmoqda. Bu, ayniqsa, yirik şaharlar va aholi ziç yaşaydigan hududlarda parkovka xizmatlariga talab ösib borayotgani bilan ham boğliq.
Şuningdek, şaharlarda yöl harakati ziçligi, avtomobillar soni ortişi va jamoat infratuzilmasini saqlaş xarajatlarining ösişi ham parkovka xizmatlari narxiga ta’sir qilayotgan omillar sirasiga kiritilmoqda.
Avtomobil töxtaş joylari narxi dinamikasi kelgusi davrda ham doimiy monitoring qilinadi. Xizmatlar bozorida narx-navo şakllanişi, ayniqsa, aholi kundalik xarajatlariga bevosita ta’sir körsatadigan yönalişlarda alohida e’tiborda uşlab borilişi lozim.









