Moskvada 1-avgustdan avtomobillar töxtaş joyi uçun ovoz yordamida haq tölaş tizimi işga tuşirildi. Tölov telefon qönğiroği orqali amalga oşiriladi, deb xabar qilmoqda TASS agentligi Moskva şahar transport departamenti rahbari Maksim Liksutovga asoslangan holda.
 
«Biz dunyoda birinçi bölib, avtoturargoh uçun bunday tölov tizimini işga tuşirdik. Bunda, foydalanuvçi töxtab turiş vaqtini mustaqil ravişda belgilay oladi. Buning uçun, SMS xabar ham yubormaydi, mobil ilovasini ham işga tuşirişi şart emas. U şunçaki, barça buyruqlarni ovoz bilan beradi», — degan Liksutov. 

Uning ta'kidlaşiça, şahar ma'muriyati tizim faoliyatini va moskvaliklarning yangilik haqidagi fikrini örganadi. 

Tizim avtomatik tarzda ovozli sözlarni aniqlab, uni tasdiqlatiş uçun haydovçiga takrorlaydi. Şundan söng, avtoturargohda röyxatga olingani töğrisida qöşimça ravişda SMS xabar yuboriladi.