Milliy statistika qömitasi ma’lumotlariga köra, mamlakatdagi faol sub’yektlarning katta qismi aynan kiçik biznes va mikrofirmalardan iborat bölib, bu iqtisodiyotda tadbirkorlikning uluşi yuqori ekanini körsatadi. Şu bilan birga, umumiy hisobdagi qolgan qismi — taxminan 70,2 mingta korxona va taşkilot — yirikroq toifadagi sub’yektlar hissasiga töğri keladi.

Faoliyat yuritayotgan korxona va taşkilotlar soni böyiça Toşkent şahri an’anaviy ravişda yetakçilik qilmoqda — bu yerda 108 004 ta korxona va taşkilot faol. Bu umumiy körsatkiçning taxminan 22,9 foizini taşkil etadi.

Şuningdek, faol korxonalar soni böyiça keyingi örinlarda quyidagi hududlar qayd etilgan:

  • Toşkent viloyati — 45 974 ta (taxm. 9,7 foiz);
  • Samarqand viloyati — 40 672 ta (taxm. 8,6 foiz);
  • Farğona viloyati — 37 841 ta (taxm. 8,0 foiz);
  • Qaşqadaryo viloyati — 30 226 ta (taxm. 6,4 foiz).

Umuman olganda, uşbu top-5 hudud hissasiga jami 262 717 ta korxona va taşkilot töğri keladi. Bu esa mamlakatdagi faol sub’yektlarning taxminan 55,7 foizi aynan mazkur beş hududda jamlanganini anglatadi.