Kreml Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy ilgari taqdim etgan 20 banddan iborat qayta işlangan tinçlik rejasi loyihasini qabul qilmadi va uni özgartirişni talab qilmoqçi, deb xabar berdi Bloomberg agentligi 24 dekabr kuni Rossiya rahbariyatiga yaqin manbaga tayanib.

Agentlik suhbatdoşining sözlariga köra, hujjat Moskvada keyingi muzokaralar uçun «boşlanğiç nuqta» sifatida köriladi, biroq u «bir qator qoidalarni öz içiga olmaydi va Rossiya tomoni prinsipial deb hisoblagan köplab savollarga javob bermaydi». Xususan, Kreml Ukraina Qurolli kuçlari uçun çeklovlarni kuçaytirişga erişmoqçi.

Manbaning ta’kidlaşiça, Rossiya NATOning şarqqa siljişi oldini oliş kafolatlarini, şuningdek, Ukraina Yevropa Ittifoqiga qöşilgan taqdirda neytral maqomini mustahkamlaşni talab qilmoqda. Uning sözlariga köra, taqdim etilgan loyihada Kiyevning faqat yadro qurolisiz maqomi tilga olingan.

Moskva, şuningdek, Ukraina Qurolli kuçlarining uruşdan keyingi sonini çeklaş böyiça takliflardan norozi. Loyihaga köra, gap tinçlik davrida 800 ming askarlik çeklov haqida ketmoqda, Kreml buni juda yumşoq şart deb hisoblaydi. Bundan taşqari, Rossiya Ukrainada rus tili maqomining aniq kafolatlarini, şuningdek, sanksiyalarning bekor qilinişi va Ğarbda muzlatilgan Rossiya aktivlarining taqdiri masalasiga oydinlik kiritişni talab qilmoqda.

Hujjat tanqid qilinganiga qaramay, Rossiya hukumati uni butunlay rad etiş niyatida emas. Bloomberg ta’kidlaganidek, Moskva AQŞ prezidenti Donald Tramp bilan munosabatlarni keskinlaştirmoqçi emas va «sovuqqonlik bilan» takliflarni örganişga tayyorligini bildirmoqda.

24 dekabr kuni Volodimir Zelenskiy Rossiya bilan uruşni tugatiş rejasining barça 20 ta bandini taqdim etdi. Hujjat Moskva va Kiyev örtasida töqnaşuv çiziğining xalqaro monitoringi bilan hujum qilmaslik töğrisida bitim tuzişni, şuningdek, Şimoliy Atlantika alyansi Nizomining beşinçi moddasi namunasi böyiça AQŞ, NATO va Yevropa davlatlari tomonidan Ukrainaga xavfsizlik kafolatlarini taqdim etişni nazarda tutadi.

Bundan taşqari, loyihada Rossiya tomonidan Ukraina va Yevropaga hujum qilmaslik siyosatini qonunçilik bilan mustahkamlaş zarurligi aytilgan. Şu bilan birga, kelişuvda Ukraina suvereniteti aniq qayd etilgan.

Asosiy masalalardan biri - hududiy masala hal etilmagan. Kiyev taklifiga köra, Rossiya Dnepropetrovsk, Nikolayevsk, Sumi va Xarkov viloyatlaridan qöşinlarini olib çiqişi kerak. Donetsk, Lugansk, Zaporojiye va Xerson viloyatlarida hozirgi front çiziğini «qayerda turgan bölsak, şu yerda qolamiz» tamoyili böyiça qayd etiş taklif qilinmoqda.

Moskva, öz navbatida, Ukraina Qurolli kuçlarini Donetsk viloyatidan olib çiqişni talab qilmoqda. AQŞ erkin iqtisodiy zonani taşkil etiş körinişidagi murosali variantni taklif qilmoqda. Loyihaga köra, bunday variant faqat Ukrainada referendum ötkazilgandan söng mumkin böladi, unga barça kelişuvlar töplami kiritilişi kerak.