Sönggi yillarda Özbekiston işlab çiqaruvçilari uçun Yevropa Ittifoqi va AQŞ bozorlariga çiqiş strategik ahamiyat kasb etmoqda. Bu yölda asosiy talablardan biri — xalqaro standartlar asosida sertifikatlaş va mustaqil inspeksiya hisoblanadi. 2021-yilda «Control Union Quality» MÇJ şu ehtiyojni ta’minlaş maqsadida taşkil etilgan edi.

Uşbu korxona Özbekiston–Niderlandlar qöşma korxonasi bölib, qişlok xöjaligi, oziq-ovqat va töqimaçilik korxonalari uçun xalqaro inspeksiya va sertifikatlaş xizmatlarini körsatadi. Kompaniyaning asosiy maqsadi — mahalliy işlab çiqaruvçilarga xalqaro bozorlarga çiqişda kömaklaşiş va ularning mahsulotlariga bölgan işonçni oşiriş. Çunki jahon bozorida qişloq xöjaligi mahsulotlarini sotiş uçun oziq-ovqat xavfsizligi va organik kelib çiqişni tasdiqlovçi xalqaro sertifikatlar talab etiladi.

Control Union quyidagi asosiy sertifikatlar böyiça xizmat körsatadi:
- Organic EU (EU Reg. 2018/848),
- USDA NOP,
- GLOBALG.A.P. Integrated Farm Assurance
Organik mahsulotlar an’anaviy mahsulotlarga nisbatan qimmatroq narxda sotilişini yaxşi bilamiz. Şu bilan birga, mazkur xalqaro sertifikat mahsulot xavfsizligini tasdiqlaydi. Uning tayyorlaniş jarayoni ekologik me’yorlarga rioya etilişini körsatadi. Bu muvofiqlik esa öşa kompaniya imidjini va raqobatbardoşligini oşirib, eksport hajmini kengaytirişga xizmat qiladi.

Kompaniyaning mijozlari orasida nufuzli «Global Export Company» MÇJ, «Baraka Meva Sanoat Servis» MÇJ, «New Way Industries» MÇJ kabi korxonalarni köriş mumkin.
Töqimaçilik sohasida ilk va yagona tajriba
Töqimaçilik sanoati dunyoda neft-gaz tarmoğidan keyin ikkinçi yirik ifloslantiruvçi soha hisoblanadi. Şu bois, xalqaro bozorda ekologik va ijtimoiy talablar keskin kuçaymoqda. Control Union Özbekistonda GOTS, OCS, GRS, RCS, FSC, RWS, Better Cotton (BCI), regenagri® kabi xalqaro töqimaçilik standartlari böyiça sertifikatlaşni amalga oşirayotgan birinçi va yagona kompaniya hisoblanadi.

Bu standartlar organik xomaşyo manbasini, mehnat xavfsizligini, atrof-muhit muhofazasini, suv tozalaş, çiqindilar va issiqxona gazlari nazoratini öz içiga oladi.
Kompaniya qoşida faoliyat yuritayotgan zamonaviy töqimaçilik laboratoriyasi mahsulot sifatini aniq baholaş imkonini beradi. Sinovlar GOTS, ISO va ASTM standartlari asosida ötkaziladi. Natijada işlab çiqaruvçilar batafsil hisobot va texnologik jarayonlarni yaxşilaş böyiça tavsiyalarga ega böladi. Control Union korxonalarda SMETA, ESG, WRAP va SA8000 kabi ijtimoiy standartlar böyiça auditlar ötkazadi. Bu auditlar mehnat qonunçiligiga rioya etilişini, xodimlar huquqlari himoyasini va etik me’yorlarni ta’minlaşga qaratilgan bölib, eksportga yönaltirilgan korxonalar raqobatbardoşligini oşiradi.

Biz issiqxona gazlari çiqindilarini aniq hisoblaş, tasdiqlaş va tekşiriş uçun ISO 14064 standartini qöllaş, Gold Standard va Verra (VCS) loyihalarini hujjatlar, uslubiyatga muvofiqlik va şaffoflik, işonçlilik va xalqaro miqyosda tan olingan natijalarni ta’minlaş uçun mustaqil tekşiriş orqali çiqindilarni kamaytiriş va barqaror rivojlanişga hissa qöşadigan iqlim taşabbuslarini har tomonlama qöllab-quvvatlaymiz. Kompaniyaning tekstil sohasidagi mijozlar orasida Fergana Global Textile, Osborn Textile, BUKHARA COTTON TEXTILE, TEXTILE MILL TASHKENT kabi yirik korxonalarni köriş mumkin.

Inspeksion loyihalar esa Mercy Corps va WFP (BMT Oziq-ovqat dasturi) bilan hamkorlikda Özbekiston va Qirğizistonda amalga oşirilgan.

Control Union Quality bugungi kunda Özbekiston işlab çiqaruvçilari uçun xalqaro bozorlarga çiqişda işonçli köprik vazifasini ötamoqda. Xalqaro sertifikatlaş, laboratoriya nazorati va inspeksion xizmatlar orqali kompaniya mamlakat eksporti sifat jihatidan yangi bosqiçga çiqişiga hissa qöşadi.
Reklama







