Rossiya prezidenti Vladimir Putin Rossiya biznesi vakillari bilan bölgan yopiq uçraşuvda Moskva va Vaşington Zaporijjya atom elektr stansiyasi (ZAES)ni Ukraina iştirokisiz boşqariş masalasini muhokama qilayotganini aytgan. Bu haqda 25 dekabr, payşanba kuni “Kommersant” gazetasi uşbu uçraşuvda bölgan öz muxbiriga tayanib yozdi.

Naşr ma’lum qilişiça, Putin Amerika tomoni ZAESda mayningni taşkil etişga ham qiziqiş bildirayotganini qöşimça qilgan. Şu bilan birga, Kreml rahbarining sözlariga köra, AQŞ taşabbusi bilan tomonlar Ukrainaga elektr energiyasi “yetkazib berişni körib çiqmoqda”.

Putin yana şunday degan: ZAESda ukrain mutaxassislar işlamoqda, ammo ular allaqaçon Rossiya pasportlarini olgan.

Bir kun oldin Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Kiyev va Vaşington kelişgan “asosiy” tinçlik rejasini e’lon qildi. Uşbu rejaning bir bandiga köra, ZAESni Ukraina, AQŞ va Rossiya birgalikda ekspluatatsiya qilişi (hamkorlikda işlatişi) nazarda tutilgan. Zelenskiyning aytişiça, Ukraina RF bilan töğridan töğri işlaşni istamaydi, şuning uçun bu band hali kelişuv bosqiçida turibdi.

Yevropadagi eng yirik atom stansiyasi hisoblangan ZAES 6 ta energoblokdan iborat bölib, umumiy quvvati 6000 MVt. U Energodar şahri yaqinida, Kaxovka suv omborining (suvi kamaygan qismi) janubiy sohilida joylaşgan.

Rossiya Zaporijjya AESni 2022 yil mart oyida — keng kölamli uruş boşlanganidan köp ötmay bosib olgan va stansiyani “Rosenergoatom” AJ boşqaruviga ötkazgan.

ZAESning barça reaktorlari töxtatilgan, ammo ular doimiy ravişda sovitib turilişi şart. Sovitiş tizimi taşqi elektr tarmoğidan quvvat oladi. Agar elektr ta’minoti uzilib qolsa, quvvat dizel generatorlar orqali ta’minlanadi.