Milliy statistika qömitasi 2026 yil 1 yanvar holatiga mamlakatning asosiy demografik körsatkiçlarini e’lon qildi. Unga köra, doimiy aholi soni 38 236,7 ming kişiga yetgan.
Aholining hududiy taqsimotida şahar va qişloq aholisi uluşi deyarli teng ekani körinadi: şaharda yaşovçilar — 19 471,7 ming kişi (taxminan 50,9 foiz), qişloqda yaşovçilar — 18 765,0 ming kişi (taxminan 49,1 foiz).
Şu bilan şahar aholisi qişloq aholisidan 706,7 ming kişiga köp bölib, umumiy tasvirda katta tafovut kuzatilmayapti.
Qömita ma’lumotlariga köra: ayollar — 18 979,0 ming (49,6 foiz), erkaklar — 19 257,7 ming (50,4 foiz).
2025 yil davomida: nikohlar soni — 267,1 mingta, nikohdan ajralişlar — 46,9 mingta.
Hisob-kitoblarga köra, ajrimlar nikohlarga nisbatan taxminan 17–18 foiz atrofida (ya’ni har 100 nikohga örtaça 18 taga yaqin ajrim) töğri keladi.
Taşqi migratsiya körsatkiçlari quyidagiça: köçib kelganlar — 1 159 kişi, köçib ketganlar — 10 117 kişi.
Bu — taşqi migratsiyada manfiy saldo (taxminan –8 958 kişi) saqlanayotganini anglatadi.












