“Keçagidek şu formatlarda işlayapmiz: uç tomonlama maslahatlaşuvlar, guruhlarda işlaş va keyin pozitsiyalarni muvofiqlaştiriş”, — deb yozdi u.

Muzokaralarning ikkinçi kuni boşlanganini TASS manbasi ham tasdiqladi. Uning ma’lumotiga köra, uçraşuvlarda iqtisodiy masalalar, hududlar va öt oçişni töxtatiş mexanizmi muhokama qilinmoqda.

Muzokaralarning birinçi kuni 4 fevral kuni ötgan. Undan keyin na Rossiya, na Ukraina tomonidan heç qanday rasmiy bayonot berilmagan. Umerov esa iş “mazmunli va samarali, aniq qadamlar va amaliy yeçimlarga yönaltirilgan” bölganini aytgan.

Abu-Dabidagi muzokaralarda Rossiya delegatsiyasiga RF QK Boş ştabi Boş boşqarmasi rahbari Igor Kostyukov boşçilik qilmoqda. AQŞ tomonidan muzokaralarda Donald Trampning maxsus vakili Stiven Uitkoff va AQŞ prezidentining kuyovi Jared Kuşner iştirok etmoqda. Ukraina nomidan muzokaralarda boşqalar qatorida Milliy xavfsizlik va mudofaa kengaşi kotibi Rustem Umerov hamda prezident idorasi rahbari Kirill Budanov qatnaşmoqda.