Prezident Şavkat Mirziyoyev 10 fevral kuni Qirğiziston prezidenti Sadir Japarov bilan telefon orqali muloqot qildi.
Özbekiston bilan Qirğiziston örtasidagi döstlik, yaxşi qöşniçilik va keng qamrovli strategik şeriklik munosabatlarini yanada mustahkamlaş masalalari körib çiqildi, deb xabar berdi davlat rahbari matbuot xizmati.
Tovar ayirboşlaş sur’ati barqaror ekani mamnuniyat bilan qayd etildi. Sanoat kooperatsiyasi loyihalari amalga oşirilmoqda, yirik infratuzilmaviy loyihalar, şu jumladan, «Xitoy – Qirğiziston – Özbekiston» temir yöli va Qambarota gidroelektr stansiyasi qurilişi böyiça birgalikdagi işlar davom ettirilmoqda.
Prezidentlar mintaqaviy kun tartibining dolzarb jihatlari yuzasidan ham fikr almaşdi, bölajak ikki va köp tomonlama tadbirlar rejasini muhokama qildi.












