Ukrainaning Donbass hududini töliq bosib oliş uçun Rossiyaga yana ikki yil kerak. Kremldagilar bu hisob-kitoblar bilan taniş va uruşni şu ssenariy böyiça davom ettirişga rozi körinadi.

The New York Times gazetasining yozişiça, Ğarb razvedka ma’lumotlariga köra, Vladimir Putin Ukraina bilan uruşda ğalaba qozonayotganiga işonmoqda.

«U Donbass ustidan töliq nazorat örnatiş uçun 18 oydan ikki yilgaça vaqt kerak bölsa ham, Rossiya raketalari va dronlari energetika infratuzilmasi va turar-joy binolariga zarba bergan har bir jang kuni va har bir tun unga köproq ustunlik berişiga işonçi komil», deyiladi maqolada.

Şu bilan birga, naşrning ta’kidlaşiça, sönggi oylarda Rossiya iqtisodiyoti çuqur muammolarga duç kelmoqda, Donald Tramp esa uruş tugagan taqdirda Kremlga Rossiyaga katta sarmoya kiritişni taklif qilmoqda.

«Bunday dinamikani hisobga olgan holda, ba’zi tahlilçilar Putin hali ham Ukrainadagi jangovar harakatlarni töxtatiş böyiça kelişuv tuzişi mumkinligini taxmin qilmoqda, ayniqsa u Qöşma Ştatlar bilan uzoq muddatli yaqinlaşuvni va Ukraina qöşinlarini Donbassning qolgan qismidan olib çiqişni ta’minlasa», deb yozdi NYT.