Rossiya va Ukraina örtasida tört yildirki davom etayotgan uruşda har ikki tomon ulkan insoniy yöqotişlarga uçradi. Bu nizo nafaqat Yevropa, balki Markaziy Osiyoning ham geosiyosiy va geoiqtisodiy manzarasini özgartirib yubordi. Kun.uz'ning “Geosiyosat” dasturida siyosatşunoslar şu haqida söz yuritdi.
— Rossiya-Ukraina uruşi davomidagi yöqotişlar hamda konfliktning MOga ta’siri qanday böldi?
Oybek Sirojov: Bu uruşda Rossiya juda katta yöqotişlar evaziga, juda kam natijaga erişdi. Tört yil ötganiga qaramay, erişilgan hududiy natijalar çeklangan, yöqotişlar esa nihoyatda katta. Rossiya tomonidan halok bölgan harbiylar soni 140–170 ming atrofida deb baholanadi. Ukraina tomoni yöqotişlari esa bundan taxminan 30–40 ming nafarga kamroq ekani aytiladi. Bu körsatkiçlar hujum qilayotgan tomonning yöqotişlari odatda köproq bölişi haqidagi harbiy qonuniyat bilan izohlanadi.
Agar yaradorlar va safdan çiqqanlarni ham hisobga olsak, Rossiya tomonida bu körsatkiç 300–350 ming atrofida, Ukraina tomonida esa 250–300 ming atrofida deb baholanmoqda. Umumiy hisobda Rossiya yöqotişlari halok bölgan va yaralanganlar bilan birga qariyb 600 ming nafarga yaqin, Ukraina tomonida esa 450–500 ming atrofida deb körsatiladi. Texnika yöqotişlari ham nihoyatda katta.
Tanklar, harbiy samolyotlar, uçuvçisiz qurilmalar va boşqa harbiy texnikalar yöqotilişi kölami jihatidan XXI asr uruşlari orasida eng yiriklaridan biri. Eng açinarli jihatlardan biri, aholi yöqotişlari va majburiy migratsiya. Ukrainadan 8–10 milliongaça aholi öz uyini tark etgan – ular xorijga çiqib ketgan yoki mamlakat içida köçirilgan. Rossiyada ham 700 mingdan 1 milliongaça fuqaro mamlakatni tark etgani haqida ma’lumotlar bor.
Markaziy Osiyo uçun ham bu uruş bevosita ta’sirsiz qolmadi. Avvalo, iqtisodiy jihatdan Rossiya mintaqa davlatlarining asosiy savdo hamkorlaridan biri edi. Uruş va sanksiyalar natijasida savdo aloqalari, logistika zanjirlari va moliyaviy oqimlarda uzilişlar yuzaga keldi.
Bundan taşqari, Markaziy Osiyo davlatlarining Rossiya orqali jahon bozorlariga, xususan Yevropa va dengiz yöllariga çiqiş imkoniyatlari çeklab qöyildi. Bu esa muqobil transport yölaklarini izlaş zaruratini kuçaytirdi.
Siyosiy jihatdan qaralganda, Rossiyaning mintaqadagi ta’sir doirasi ma’lum darajada qisqardi. Bu ayrim jihatdan Markaziy Osiyo davlatlari uçun ijobiy omil sifatida baholanmoqda.
Şu bilan birga, Markaziy Osiyoning geosiyosiy sub’yektivligi va suvereniteti sezilarli darajada oşib bormoqda. Mintaqa davlatlari AQŞ bilan 5+1 formati doirasida, şuningdek Xitoy va boşqa global öyinçilar bilan hamkorlikni faollaştirmoqda.
Yana bir muhim jihat – uşbu uruş Markaziy Osiyo davlatlari uçun özaro integratsiya va hamkorlikni kuçaytiriş zaruratini yanada yaqqolroq körsatdi. Yirik geosiyosiy kuçlar bosimi şaroitida mintaqaviy birdamlik va içki hamjihatlik strategik ahamiyat kasb etmoqda.
Kamoliddin Rabbimov: Rossiyada uruş yöqotişlarini mustaqil ravişda örganayotgan bir neçta loyihalar mavjud. Şulardan biri – “Mediazona” loyihasi. Ma’lumotlarni yiğiş usullari turliça: ommaviy axborot vositalarida e’lon qilingan nekrologlar, ijtimoiy tarmoqlardagi xabarlar, oçiq harbiy va ayrim hollarda yaşirin manbalardan foydalaniladi.
Masalan, joriy yil 30 yanvardan 13 fevralgaça bölgan davr içida şaxsi aniq tasdiqlangan 9 291 nafar rossiyalik harbiyning halok bölgani qayd etilgan.
Tört yil davomida esa ism-familiyasi va boşqa ma’lumotlari tasdiqlangan rossiyalik halok bölganlar soni 177 433 nafarni taşkil etadi. Tadqiqotçilar bu raqamlar yakuniy emasligini ta’kidlaydi, çunki Rossiya rasmiylari yöqotişlarni maksimal darajada yaşirişga harakat qilmoqda.
Şunga qaramay, “Mediazona” ma’lumotlarni viloyatlar kesimida ham tahlil qilib bormoqda va bu yerda sezilarli nomutanosiblik kuzatiladi. Hududiy taqsimotga qaralsa, Rossiya hokimiyati Moskva va Sankt-Peterburg kabi yirik markazlardan kamroq odam jalb qilişga harakat qilayotgani seziladi. Sababi, bu şaharlarda ijtimoiy-siyosiy kayfiyat tez şakllanadi va norozilik namoyişlari ehtimoli bor.
Ayrim hududlarda esa, aksinça, yöqotişlar ança katta. Masalan, Perm viloyatidan 5 319 nafar, Tataristondan 7 152 nafar, Boşqirdistondan esa 8 252 nafar halok bölgan harbiy qayd etilgan.
Kavkaz mintaqasidagi ayrim respublikalardan esa körsatkiçlar nisbatan past. Masalan, Çeçenistondan 389 nafar, Inguşiyadan 207 nafar, Kabardino-Balkariyadan 505 nafar halok bölganlar röyxatga olingan. Tahlilçilarga köra, bu hududlarda 1990–2000 yillardagi separatistik harakatlar tajribasi sababli markaziy hokimiyat ehtiyotkor siyosat yuritmoqda.
Halok bölganlarning ijtimoiy tarkibi ham e’tiborga molik. Birinçi örinda şartnoma asosida pul evaziga yollangan köngillilar turadi. Rossiya uruşga jalb qiliş uçun katta miqdorda moliyaviy rağbat taklif qilmoqda: bir martalik tölov va keyinçalik oylik maoş şaklida.
Ikkinçi toifani mahbuslar taşkil etadi. Turli jinoyatlar bilan qamalgan şaxslarga şartnoma asosida uruşga boriş taklif etiladi. Bosim va takror-takror böladigan talablar natijasida, köplab mahbuslar kontraktni qabul qilişga majbur böladi. Uçinçi toifaga mobilizatsiya qilinganlar va motostrelkaçi bölinmalar kiradi.
Yoş tarkibiga qaraydigan bölsak, eng köp halok bölayotganlar 36–38 yoş oraliğidagilar hisoblanadi. Ikkinçi örinda 30–35 yoşdagilar, uçinçi örinda esa 39–41 yoşdagilar turadi. Şuningdek, 57–59 yoş, hatto 60–62 yoşdagi harbiylar orasida ham yöqotişlar bor. Biroq asosiy uluş 35–41 yoş oraliğiga töğri keladi.
Uruşning Markaziy Osiyoga ta’siri borasida, yuqoridagi fikrlarga qöşilaman. Geoiqtisodiy tomoniga töxtalsak, uruş boşlanişi bilan Xitoy muqobil transport-logistika yönalişlarini izlay boşladi, çunki Rossiya sanksiyalar ostida qoldi. Şu jarayon Xitoy–Qirğiziston–Özbekiston temiryöli loyihasining faollaşişiga turtki berdi. Bu loyiha 1990-yillardan buyon Özbekiston uçun strategik orzulardan biri edi.
Şuningdek, Transkaspiy transport yölagi loyihasi ham jadallaşdi. Sababi, Xitoy, Yevropa va Turkiya uçun Rossiya hududidan taşqaridagi muqobil yönalişlarga ehtiyoj ortdi.
Umuman olganda, global iqtisodiy tuzilma özgarib bormoqda. Bu jarayon Markaziy Osiyo uçun yangi imkoniyatlar oynasini oçmoqda. Agar tarixda birinçi yirik imkoniyat Buyuk Ipak yöli bölgan bölsa, hozirgi geoiqtisodiy vaziyatni mintaqa uçun ikkinçi tarixiy imkoniyat deb baholaş mumkin.
Suhbatni YouTube’dagi “Geosiyosatkunuz” kanalida töliq tomoşa qilişingiz mumkin.











