Reuters'ning keltirişiça, Netanyahu millatga murojaatida şunday degan:

“Bugun ertalab zolim Xominaiyning qarorgohini vayron qildik. Bu zolim ortiq hayot emasligini körsatuvçi köplab belgilar bor. Bugun ertalab oyatulloh rejimining yuqori lavozimli rasmiylari, Inqilob qöriqçilari qömondonlari, yadro dasturidagi muhim şaxslarni yöq qildik va biz davom etamiz. Keyingi bir neça kun davomida terror rejimining yana minglab nişonlariga zarba beramiz”.

Isroil matbuoti hukumatdagi manbalarga tayangan holda Xominaiy ölgani haqida xabar bermoqda. Fox News manbasiga köra, AQŞdagilar ham Eron yetakçisi ölganiga işonmoqda.

Reuters agentligining manbasi Xominaiyning jasadi topilganini iddao qilgan.

Eron oliy rahbarining matbuot xizmati rahbari bularni rad etdi. “Duşman bizni ruhan sindirmoqçi, hamma ogoh bölişi kerak”, dedi u.

Eronning Tasnim va Mehr axborot agentliklari xabariga köra, oliy rahnamo “qat’iyat va sobitlik bilan harbiy harakatlarni boşqarmoqda”.

AQŞ va Isroilning Eronga harbiy tajovuzi 28 fevral kuni ertalabdan boşlandi. Tehron va mamlakatning bir qator şaharlarida portlaşlar kuzatildi. Öz navbatida, Eron AQŞning Yaqin Şarqdagi harbiy bazalari va Isroil hududlarini nişonga olmoqda.