Rossiya prezidenti Vladimir Putin 9 mart, duşanba kuni keçqurun AQŞ rahbari Donald Tramp bilan telefon orqali muloqotda Erondagi mojaroni tez orada tartibga soliş böyiça takliflarni bildirdi. Bu haqda Putin yordamçisi Yuriy Uşakov ma’lum qildi.
Uşakov bayonotlariga tayanib xabar qilgan bir qator Rossiya OAVga köra, suhbatning asosiy mavzulari AQŞ va Isroilning Erondagi uruşi, şuningdek, Rossiyaning Ukrainaga qarşi uruşi bölgan.
Kreml ma’lumotlariga köra, Putin Ukrainada tinç yöl bilan hal etişga qaratilgan urinişlarda AQŞning va şaxsan Trampning vositaçilik sa’y-harakatlariga ijobiy baho bergan. Kreml xabarida aytilişiça, suhbat Tramp taşabbusi bilan bölib ötgan, taxminan bir soat davom etgan va “işçan, oçiq hamda konstruktiv ruhda” keçgan.
Uşakovning sözlariga köra, 2025 yil dekabridan beri ilk bor ötkazilgan uşbu telefon muloqoti çoğida Tramp Ukrainada öt oçişni tezroq töxtatiş va “uzoq muddatli tartibga solişga erişiş”dan manfaatdor ekanini bildirgan.
Vaşingtonda esa Putin bilan bölib ötgan telefon suhbati hozirça izohlanmagan. Bundan oldin Donald Tramp 9 mart keçqurunga Erondagi uruş boşlanganidan beri ilk matbuot anjumanini e’lon qilgan edi.












