Eronning raketa zarbalari natijasida Isroilda, mahalliy hokimiyat ma’lumotlariga köra, kamida sakkiz kişi jabrlangan. Isroilning “Magen David Adom” (MDA) qutqaruv taşkiloti yakşanba, 15 mart kuni ma’lum qilişiça, Tel-Avivning turli hududlarida tört kişi snaryad bölaklaridan jarohat olgan.
Ularning ma’lumotiga köra, taxminan 60 yoşlardagi erkak örtaça oğir ahvolda şifoxonaga yotqizilgan, u siniq oyna parçalaridan boş qismida jarohat olgan. Yana uç nafar jabrlanuvçiga portlaş zarba tölqini ta’siri tufayli joyida tibbiy yordam körsatilgan.
Isroil politsiyasi kuzatuv kamerasi yozuvini e’lon qildi. Unda, iddao qilinişiça, Tel-Aviv atrofida kassetali öq-dorining yerga tuşiş lahzasi aks etgan. Kadrlarda snaryad köçada bölgan odamlar yonida portlaganini köriş mumkin.
Tuş paytiga yaqin Isroil qutqaruvçilari 44 va 62 yoşli ikki erkak ham jabrlanganini xabar qildi, ular yengil jarohat olgan. Tunda esa snaryad bölaklari tuşişi natijasida taxminan 80 yoşlardagi ikki fuqaroga tibbiy yordam kerak bölgan.
Isroil taşqi işlar vaziri Gideon Saar Eronni fuqarolarga ataylab zarba berişda aybladi.
“Biz harbiy obektlarga hujum qilayotgan bir paytda, Eron rejimi tinç aholiga zarba bermoqda”, — dedi u Isroil şimolidagi Zarzir badaviy qişloğiga taşrifi çoğida. U yerda ikki kun avval Eronning raketa hujumi natijasida qariyb 60 nafar aholi jabrlangan edi.
Taşqi işlar vaziri uruş boşlanganidan beri Isroildagi barça qurbonlar tinç aholi vakillari bölganini ta’kidladi.
“Albatta, bu harbiy jinoyatdir”, — deya Saarning sözlarini AFP agentligi keltirgan.
Isroil soğliqni saqlaş vazirligi ma’lumotlariga köra, 28 fevraldan beri jami 3195 nafar isroillik şifoxonaga yotqizilgan, 15 mart ertalab holatiga köra, ulardan 81 nafari hali ham şifoxonada qolmoqda.













