Statistik ma’lumotlarga köra, MÇJ mamlakatdagi barça tijorat korxonalarining 79,1 foizini taşkil qiladi. Bu esa har önta korxonaning qariyb sakkiztasi aynan uşbu taşkiliy şaklda faoliyat yuritişini anglatadi.

Taşkiliy-huquqiy şakllar kesimida xususiy korxonalar soni 47 028 ta bölib, ular umumiy korxonalarning 11,2 foizini taşkil etgan. Oilaviy korxonalar 36 518 ta (8,7 foiz)ni taşkil etgan bölsa, aksiyadorlik jamiyatlari 637 ta (0,2 foiz)ni taşkil qilgan.

Şuningdek, boşqa taşkiliy-huquqiy şakldagi tijorat taşkilotlari soni 3 358 taga teng bölib, ular umumiy korxonalarning 0,8 foizini taşkil etadi.

MÇJ şakli tadbirkorlar uçun nisbatan qulay taşkiliy-huquqiy mexanizmlar, iştirokçilarning javobgarligi çeklanganligi hamda boşqaruv tizimining soddaligi sabab mamlakatda eng ommalaşgan biznes şakli sifatida saqlanib qolmoqda.