Eronning yangi diniy rahbari Mujtaba Xominaiy AQŞ va Isroilning 28 fevral kungi zarbasidan biroz oldin uydan taşqariga çiqqani tufayli omon qolgan. Bu haqda Ali Xominaiyning devoni protokol xizmati rahbari Mazoher Husayniy tomonidan Islom inqilobi muhofizlari korpusi (IIMK) qömondonlariga yölllagan murojaat audioyozuviga asoslanib The Telegraph xabar tarqatdi.

Mujtaba Xominaiy ham rafiqasi va öğli bilan birga otasi joylaşgan öşa kompleksda edi. 28 fevral kuni kompleks böylab zarba berildi.

«Allohning irodasi bilan Mujtaba hovliga çiqişiga töğri kelgandi. Ular binoga qarata raketa uçirişganda, u taşqarida edi va yuqoriga qarab ketayotgandi», – deyiladi yozuvda.

Husayniyning sözlariga köra, Mujtaba «oyoğidan yengil jarohatlangan». Uning tasdiqlaşiça, zarbalar kompleksdagi bir neça binolarga bir vaqtning özida berilgan va Xominaiylar oilasini töliq yöq qilişga qaratilgan. Zarba oqibatida Mujtabaning rafiqasi va öğli, şuningdek otasi Ali Xominaiy halok böldi. 

Eronlik rasmiylardan biri The Telegraph uçun izohida harbiy qömondonlarda yangi oliy rahbarning holati haqida aniq ma’lumot yöqligini aytgan.

  • Eronda 8 mart kuni Mujtaba Xominaiy mamlakatning yangi rahbari etib saylangani e’lon qilindi. Ammo u 28 fevraldan buyon jamoatçilikka köriniş bermadi. Eron TIV u uruşning dastlabki kunida jarohatlanganini tasdiqlagan, ammo uning holati yaxşi ekani ma’lum qilingan.
  • Erondagi davlat naşrlari 2 mart kuni 28 fevral kungi zarba oqibatida Ali Xominaiyning rafiqsi Mansura Xöjasta ham halok bölganini xabar qilgandi. Ammo bir neça kun ötib Fars agentligi u tirik qolganini ma’lum qildi. 
  • Kuvaytdagi «Al-Jarida» gazetasi 15 mart kuni Mujtaba Xominaiy ayni vaqtda Moskvada davolanayotgani haqida xabar berdi. RF prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov bu ma’lumot yuzasidan izoh berişni istamadi.
  • AQŞ Mujtaba Xominaiyning manzili haqida ma’lumot bergan şaxsga 10 million dollargaça mukofot va’da qilgan.