Özbekistonlik şaxmatçi Javohir Sindorov Nomzodlar turnirining 10-turidan keyingi matbuot anjumanida qatnaşdi.
U bu turda oq donalarda öynab, hindistonlik Rameşbabu Pragnanandhani mağlub etdi va oçkolari sonini 8 taga yetkazib, peşqadamlikni mustahkamladi. Uning eng yaqin ta’qibçisi Aniş Giri bilan oradagi farq endi 2 oçkoni taşkil etmoqda va qolgan 4 turda bu farqni yöqqa çiqariş deyarli imkonsiz iş.
Bundan taşqari, özbekistonlik şaxmatçi Nomzodlar turnirida eng köp ğalabaga erişgan şaxmatçi sifatida rekord örnatdi, turnirda hozirgaça heç kim 6 marta ğalaba qozonmagandi.
Javohir hindistonlik raqibga qarşi partiya boşida xatoga yöl qöyganini tan oldi.
«Rostini aytsam, bir payt tayyorgarligimni unutib qöydim va kerakli yurişni emas, boşqa yurişni tez qilib yubordim. Bu xato edi. Lekin keyin özimni yiğib oldim va vaziyatdan çiqib ketdim. Biroz vaqt ketdi, lekin öyinni yana nazoratga oldim. Omad ham yordam berdi», – dedi u.
Sindorov şundan keyin taşabbusni qölga oliş maqsadida donalardan birini qurbon qilişga qaror qildi va yuzaga kelgan endşpilda uning farzini ortiqça piyodalar yordamida raqibning ikki ruxidan köra kuçliroq pozitsiyaga ega böldi.
U turnirda ğalabaga yaqinligini his qilayotganini tan olgan:
«Maqsadga juda yaqinman, lekin oldinda yana ikkita muhim öyin bor. Ikkalasi ham qora donalarda. Şuning uçun natija haqida öylamasdan, şunçaki öynaşga harakat qilyapman».
U oldingi turda germaniyalik Mattias Blyubaum bilan bahsda ğalabani qöldan çiqargandi va şu tufayli bosim ostida qolgandi. Özining aytişiça, bu vaziyatdan murabbiyi bilan suhbat orqali çiqib ketgan:
«Turnirdagi vaziyat albatta bosim beradi. Keça yutişim kerak bölgan pozitsiyani yuta olmadim. Şunda murabbiyim menga: “Agar sen bu unvonga loyiq bölsang, baribir uni olasan. Agar yöq bölsa, demak yanada köproq işlaymiz. Şuning uçun natija haqida emas, öyin haqida öyla” deb aytdi. Men ham aynan şuni qilişga harakat qilyapman», – deydi u.

U turnir oldi rejalarini ham eslab ötgan:
«Turnir oldidan +1 natija ham yaxşi böladi, degan edim. Agar şunday bölganida, men şunçaki xotirjam öynardim. Hozir esa vaziyat butunlay boşqaça. Hozir har bir partiya juda oğir ötyapti. Bosim katta.
Keça ham qiyin kun böldi – hatto partiyadan oldin durangga ham rozi edim. Lekin keyin yaxşi pozitsiya olib ham yuta olmaganimdan xafa böldim».
Rekord haqida:
«Bu haqida umuman öylamayapman. Turnir hali tugamagan, hozir eng muhimi keyingi partiyaga tayyorlaniş.
Endi dam oliş kunida tiklanib, ayniqsa qora donalarda böladigan öyinlarga yaxşilab tayyorlanişim kerak».
10 aprel kuni turnirda dam oliş kuni e’lon qilindi. 11 aprel kuni esa Javohir qora donalar bilan Fabiano Karuanaga qarşi öynaydi. Karuana turnirning asosiy favoriti sifatida körilgandi, ammo 10 imkoniyatdan 5 oçko jamğargan holda uçinçi örinda kelmoqda.













