Joriy yilning 2 iyul kuni Kadastr agentligi tomonidan “Köp kvartirali uylar reyestri” axborot tizimining taqdimotiga bağişlangan matbuot anjumani taşkil etiladi. Kun.uz muxbiri rasmiylarga “2018 yildan keyin qurilgan noqonuniy uylarning taqdiri nima böladi?” degan savol bilan yuzlandi. Davlat kadastrlari palatasi raisi Mohir Valiyevning ta’kidlaşiça, qonunda belgilangan muddatlardan keyin qurilgan noqonuniy turar joylarga huquq berilmaydi.
“Qonunda 2018 yil 1 maygaça bölgan bino-inşootlar deyilgan. Undan keyin qurilganlar noqonuniy. Biz çeklov qöyişimiz kerak. Özbekiston aholisi köpayib boryapti, lekin yeri kengayayotgani yöq. Öşa bor yeri, bundan unumli foydalanişimiz kerak. Tegişli qarorlar bilan noqonuniy yerlarni özlaştirişga bir neça marta aksiya berildi. Endi buni 2018 yildan keyingilarga ham qilsak va aniq muddatini belgilamasak, keça qurilib loyi qotmagan uyni egallab olib, şunga ham huquq beringlar degan narsalar bölişi mumkin. Aholimiz köpayişini hisobga olgan holda biz yerni asraşimiz kerak. Şuning uçun, 2018 yil 1 maydan keyingi davrda kosmik suratlardan aniqlangan uy-joylarga huquq berilmaydi”, dedi u.





