Uy sotib oliş uçun odam qança pul topişi kerak? Odatda bu savolga uy narxi, boşlanğiç badal va ipoteka tölovini hisoblab keyin javob beriladi. Ammo boşqa savol ham bor: uyli böliş uçun oila nimadan voz keçişiga töğri keladi?
Bolasining taʼlimidanmi, tibbiy körikdanmi, oziq-ovqatdanmi yoki biror kutilmagan holat uçun yiğib qöyilgan puldanmi? Uy sotib oliş uçun balki oila qurişni keçiktiriş, qöşimça işlaş va yillar davomida öz ehtiyojlarini çeklaşga ham töğri kelar?
Habitat for Humanity xalqaro taşkilotining 2026-yil oktabrida eʼlon qilingan yangi tadqiqoti şu savollarni örtaga qöydi. Özbekiston bu sörovda qamrab olinmagan. Biroq mamlakatimizdagi uy-joy narxlari, aholi daromadlari va ipoteka tölovlari böyiça raqamlar asosida bu masalani örganiş mumkin.
Uy oliş – oziq-ovqat, salomatlik va kelajak evaziga
Aholining uy-joy masalalarini örganadigan xalqaro nodavlat-notijorat Habitat for Humanity taşkiloti 2026-yil 10-apreldan 30-iyungaça 22 mamlakatda 30 758 kişi iştirokida sörov ötkazdi. Unda Argentina, Avstraliya, Braziliya, Kanada, Misr, Indoneziya, Irlandiya, Nepal, Janubiy Koreya, Turkiya, Buyuk Britaniya va AQŞ kabi mamlakatlar qamrab olingan. Natijada sörovda qatnaşganlarning 75 foizi sönggi bir yilda uy-joy xarajatlarini qoplaş uçun kamida bitta boşqa xarajatini qisqartirişga majbur bölgani aniqlangan.
Ularning 33 foizi oziq-ovqat uçun xarajatni kamaytirgan, 32 foizi jamğarmasi yoki favqulodda vaziyatlar uçun saqlagan mablağini işlatgan, 13 foizi davolanişni keçiktirgan yoki davolanişdan voz keçgan. 31 foizi esa xarajatlarni qoplaş uçun qöşimça işlaşga majbur bölgan, bu – böş vaqtidan va hordiqdan voz keçiş demakdir.
Yana ikki raqam diqqatga sazovor: iştirokçilarning 48 foizi kutilmagan bitta muammo ham ularni uyli böliş imkoniyatiga tahdid solişi mumkinligini aytgan. 40 foizi esa xavfsizroq uy-joy qimmatlik qilgani uçun muayyan xavflarga rozi bölişini bildirgan.
Demak, uy-joyning haqiqiy qiymati faqat ijara yoki kredit tölovidan iborat emas. Agar şu tölov sabab oilada kasallikni davolaş, farzandni öqitiş yoki kutilmagan xarajatni qoplaş uçun mablağ qolmasa, bu uy-joy xarajati masalasining kölami kattaligini bildiradi.
Irlandiyada ovqatdan tejaşadi, Nepalda davolanişni keçiktirişadi, Janubiy Koreyada oila qurişni keçiktirişadi


















