Oliy Majlis Qonunçilik palatasi “Köp kvartirali uylarni va boşqa köçmas mulk obyektlarini uluş kiritiş asosida quriş töğrisida”gi qonun loyihasini qabul qilib, Senatga yubordi.

Qonun bilan köp kvartirali uylar va boşqa köçmas mulk obektlarini uluş kiritiş asosida quriş sohasidagi munosabatlar tartibga solinmoqda. Unda uluşli quriliş munosabatlari iştirokçilarining, davlat organlarining huquq va majburiyatlari, vakolatlari, özaro munosabatlariga oid qoidalar belgilanyapti.

Hujjatga köra, fuqarolarning uluşli qurilişga kiritgan mablağlarini kafolatli himoya qiliş maqsadida mablağlar töğridan töğri quruvçi ixtiyorida emas, banklarda oçiladigan eskrou hisobvarağida saqlanadi. Quriliş belgilangan talablar asosida amalga oşirilib, obyekt foydalanişga topşirilganidan söng mablağlar quruvçiga ötkaziladi.

Qonunga köra, quruvçi (developer) faqat qonunda belgilangan talablarga javob bergan, Yagona axborot tizimida röyxatdan ötgan, vakolatli bank bilan boş bitim tuzgan va loyiha deklaratsiyasini eʼlon qilgan taqdirdagina aholi mablağlarini jalb qiliş huquqiga ega böladi.

Bundan taşqari, uluşli iştirok etiş şartnomasi notarial tasdiqlanadi hamda belgilangan tartibda davlat röyxatidan ötkaziladi. Bu bir obyektning takroran sotilişi, noqonuniy şartnomalar tuzilişi kabi holatlarning oldini oladi.

Uluşli iştirok etiş şartnomasiga kiritiladigan özgartiriş va qöşimçalar ham notarial tasdiqlanişi talab etiladi. Bu uluşdor bilan norasmiy “qöşimça kelişuv” tuzib, şartnoma şartlarini özgartiriş holatlarining oldini oladi.

Quruvçi qonun talablariga zid ravişda fuqarolar mablağlarini jalb qilgan taqdirda, uluşdor uşbu mablağlarni qaytarişni va ulardan foydalanilganlik uçun foiz tölanişini talab qiliş huquqiga ega böladi.

Qonunda quriliş loyihalarini öz vaqtida yakuniga yetkazişga qaratilgan mexanizmlar ham nazarda tutilgan. Jumladan, zarur hollarda vakolatli bankni yoki quruvçini almaştiriş, qurilişning uzluksiz moliyalaştirilişini taʼminlaşga qaratilgan moliyaviy mexanizmlar yaratilmoqda. Deputatlarga köra, bu – qurilişning töxtab qolişining oldini oliş va uluşdorlar manfaatlarini işonçli himoya qilişga xizmat qiladi.