Ispaniyada 11-noyabr, çorşanba kuni umummilliy iş taşlaş yakunida mamlakatning qator şaharlarida ön minglab odamlar hayot qimmatlaşayotgani va hamyonbop uy-joy yetişmayotganiga qarşi norozilik namoyişlariga çiqdi.

Madridda hukumat maʼlumotlariga köra, aksiyalarda 120 ming kişi iştirok etgan. Namoyişlarga çaqiriq bergan ijaraçilar uyuşmalari esa qatnaşçilar sonini 600 ming nafar deb baholagan. Barselonada politsiya hisob-kitoblariga köra, 55 ming kişi köçaga çiqqan.

DPA axborot agentligi qayd etişiça, mamlakatda sönggi 14 yil içida ilk bor ötkazilgan va bir kun davom etgan umummilliy iş taşlaş Ispaniyadagi parlament saylovlariga bor-yöği ikki yarim hafta qolganda yuz berdi.

Barselonada namoyişlar tartibsizliklar bilan yakunlandi

DPA maʼlumotlariga köra, 11-noyabr kuni keçqurun namoyişlar asosan tinç ötgan. Biroq Barselonada aksiyalar yakunlanganidan keyin tartibsizliklar boşlangan.

RTVE telekanali xabar berişiça, yuzlarini yaşirgan bir guruh öng qanot ekstremistlar bir neçta dökonning vitrinalarini sindirgan, çiqindi konteynerlariga öt qöygan hamda politsiya xodimlariga şişa idişlar, toşlar va petardalar uloqtira boşlagan. Politsiya hujum qilganlarga qarşi dubinkalardan foydalangan.

DPA yozişiça, 11-noyabrdagi umummilliy iş taşlaş Ispaniyaning ijtimoiy va iqtisodiy hayotini qisman falaj qilgan.

Mamlakatning söl qanot hukumati namoyişçilarni qöllab-quvvatlagan. Öng qanot muxolifat esa namoyişlarni mafkuraviy maqsadlarga yönaltirilgan deb baholagan.

Kasaba uyuşmalari iş taşlaşni muvaffaqiyatli deb baholadi

CCOO kasaba uyuşmalari birlaşmasi umummilliy iş taşlaşni taşkilotçilar kutganidan ham muvaffaqiyatli ötgan «töliq muvaffaqiyat» deb atadi.

«Elektr energiyasi isteʼmoli iş kuniga emas, balki yakşanba kuniga xos darajaga tuşdi. Ispaniyada sanoat va iqtisodiyotning strategik ahamiyatga ega tarmoqlari faoliyati töxtadi», - deb yozdi CCOO X ijtimoiy tarmoğida.

Biroq iş beruvçilarning CEOE birlaşmasi iş taşlaşda iştirok etiş darajasi «minimal» bölganini bildirib, unda xodimlarning 10 foizdan kamroği qatnaşganini maʼlum qildi.