Toşkent şahridagi turar joylarni ommaviy baholaş natijalari böyiça jamoatçilik muhokamasi 2026-yil 4-dekabrgaça davom etadi. Bu haqda Köçmas mulkni ommaviy baholaş milliy markazi direktori örinbosari Feruz Sultonov iştirokidagi brifingda maʼlum qilindi.

Qayd etilişiça, bugungi kunga qadar 11 035 nafar mulkdor baholaş natijalariga öz munosabatini bildirgan. Ularning 5 535 nafari natijalarga rozi bölgan, 5 500 nafari esa eʼtiroz va takliflarini taqdim etgan.

Mulkdorlarning fikrlarini kengroq örganiş maqsadida muhokama muddati 30 kunga uzaytirilgan.

Fuqarolar özlariga tegişli uy-joyning baholaş natijalari bilan my.gov.uz yoki davreestr.uz portallari orqali tanişib, munosabat bildirişi mumkin.

Markazning taʼkidlaşiça, baholaş natijasi yuzasidan fikr bildiriş majburiy emas. Biroq mulkdor munosabat bildirmasa, natijalar qayta körib çiqilmaydi va özgarişsiz qoladi.

Eslatib ötamiz, köçmas mulkni ommaviy baholaş tizimi prezidentning 2025-yil 5-martdagi farmoni asosida joriy etilmoqda. Jarayon 2025–2026-yillarda Toşkent şahrida tajriba tariqasida, 2026–2027-yillarda Nukus şahri va viloyat markazlarida, 2027-yildan esa qolgan hududlarda ötkazilişi belgilangan.

Dastlabki hisob-kitoblarga köra, Toşkentdagi 600 mingdan ortiq kvartiraning umumiy qiymati 426,7 trln söm, 213 mingdan ortiq hovli-joyniki esa 548,4 trln söm deb baholangan. Bu ularning amaldagi umumiy kadastr qiymatidan mos ravişda qariyb 7,4 va 14 barobar yuqori.

Markaz vakillari avvalroq Kun.uz’ga bergan intervyusida dastlabki natijalar eʼlon qilinişi fuqarolar uçun hozirça huquqiy oqibat keltirib çiqarmasligini bildirgan. Yangi qiymatni soliq bazasi sifatida qöllaş masalasi alohida körib çiqilişi aytilgan.

Kun.uz taşkil etgan yaqindagi debatda