Forum 7–11 iyul kunlari Toşkent, Samarqand va Termiz şaharlarida ötkaziladi.

Anjuman Özbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi, Özbekiston Respublikasi Din işlari böyiça qömitasi, Özbekiston xalqaro islomşunoslik akademiyasi, Imom Moturudiy, Imom Buxoriy, Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlari, Özbekiston musulmonlari idorasi hamda Islom olami ta’lim, fan va madaniyat masalalari böyiça taşkiloti – ICESCO hamkorligida taşkil etilmoqda.

Unda dunyoning 50 dan ortiq mamlakatidan kelgan 300 nafarga yaqin martabali mehmonlar – davlat va jamoat arboblari, vazirlar, muftiylar, xalqaro taşkilotlar rahbarlari va ulamolar iştirok etmoqda.