Islom sivilizatsiyasi markaziga tamal toşi qöyildi. Davlat rahbari ötgan yili 1 sentabr kuni poytaxtdagi Hazrati Imom majmuasida bölib, mazkur markaz qurilişi, maqsad va vazifalari yuzasidan körsatmalar bergan edi. Şu asosda mazkur qadimiy majmua yonidan ön gektarga yaqin joy ajratildi. Loyiha işlab çiqilib, hudud qurilişga tayyorlandi. 

15 iyun kuni prezident Şavkat Mirziyoyev Islom sivilizatsiyasi markazi poydevoriga ramziy tamal toşi qöydi. 

Davlat rahbari tadbirga yiğilgan diniy ulamolar va barça yurtdoşlarimizni Ramazon hayiti bilan tabriklab, markaz qurilişining şunday uluğ ayyom kunida boşlanayotgani zamirida ezgu niyat, çuqur mazmun borligini ta'kidladi. 

Bu markazni qurişdan maqsad islom ma'rifatini örganiş, bobolarimizning buyuk merosini avvalambor xalqimizga, dunyo hamjamiyatiga yetkazişdir. Xudo xohlasa, hamma sa'y-harakatlarimiz yoşlar ta'lim-tarbiyasiga, ilm-fanga, madaniyatga, tinçlik-osoyiştalikka zamin yaratadi, dedi prezident.

Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida faoliyat yuritadigan uşbu markazning asosiy ğoyasi ajdodlarimizning islom dini rivojiga ulkan hissasini tarğib etiş, jaholatga qarşi ma'rifat bilan kuraşişdir. Şu maqsadda bu yerda muzey taşkil etiladi, ilmiy faoliyat yölga qöyiladi. Vatanimizdan yetişib çiqqan olim va mutafakkirlar merosining tarixiy va zamonaviy sivilizatsiyadagi örni tadqiq etiladi. Ularning ilmiy-ma'naviy jasorati, uluğ insoniy fazilatlari keng tarğib qilinadi. Mumtoz adabiyot va san'at namoyandalari ijodining insonparvarlik mohiyati çuqur oçib beriladi.

Markaz binosi yurtimizdagi qadimiy madrasalar körinişida, gumbazli qilib quriladi. Kutubxona, axborot-resurs markazi, ilmiy kafedralar, konferensiya zali, xizmat xonalari va boşqa obektlarni öz içiga oladi.

Biz şunday buyuk merosning davomçilari böla turib, ilmda ortda qoldik. Bugungi taşabbuslarimiz, boşlagan işlarimizni barça musulmon mamlakatlari tan olyapti. Endi şunga munosib bölişimiz, ilm-ma'rifatda örnak bölişimiz kerak, dedi davlat rahbari. 
 
Jamiyatda mehr-oqibat muhitini yaratiş, adaşganlarni afv etiş, imom-xatiblar malakasini oşiriş, yoşlar tarbiyasiga e'tiborni kuçaytiriş böyiça tavsiyalar berildi.