Hukumatning 2026 yil 29 iyuldagi 411-son qarori bilan «Boşlanğiç ta’lim öqituvçilariga milliy sertifikat beriş böyiça malaka imtihonlarini ötkaziş tartibi töğrisida»gi nizom tasdiqlandi.

Qarorga muvofiq, 2026-2027 öquv yilidan boşlab boşlanğiç ta’lim mutaxassisligiga ega, boşlanğiç sinflarda dars beruvçi hamda B+ va undan yuqori darajadagi milliy sertifikatni qölga kiritgan öqituvçilarga sertifikatning amal qiliş muddati davomida Davlat byudjyeti hisobidan tegişli ta’lim tili böyiça barça fanlar uçun lavozim maoşiga har oy 15 foiz miqdorida ustama tölab boriladi.

Nizomga köra, milliy sertifikat beriş böyiça vakolatli organ etib Bilim va malakalarni baholaş agentligi belgilandi. Sertifikat oliş istagidagi talabgorlar my.gov.uz portali orqali elektron ariza topşiradi. Malaka imtihonida iştirok etiş uçun ariza berilgan kundagi bazaviy hisoblaş miqdorining 1,5 baravari miqdorida tölov undiriladi.

Imtihon natijalari xalqaro Raş modeli asosida baholanadi. Unga köra, 70 balldan yuqori natija qayd etganlarga A+, 65–69,9 ball olganlarga A, 60–64,9 ball olganlarga B+, 55–59,9 ball olganlarga B, 50–54,9 ball olganlarga C+, 46–49,9 ball töplaganlarga esa C darajadagi milliy sertifikat beriladi.

Malaka imtihonida talabgorlarning boşlanğiç sinf fanlari böyiça bilimi, öqitiş metodikasi va pedagogik mahorati test sinovlari orqali baholanadi. Imtihondan muvaffaqiyatli ötganlarga QR-kodli elektron sertifikat bir iş kuni içida my.gov.uz portali orqali yuboriladi. Şuningdek, natijalar e’lon qilingan kundan boşlab uç kun içida apellyatsiya şikoyati beriş imkoniyati ham yaratilgan.