Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyevning Qirğizistonga davlat taşrifi hamda Markaziy Osiyo va Ozarbayjon davlat rahbarlari norasmiy Maslahat uçraşuvining tadbirlarga boy dasturi yakunlandi. “Issiqköl” aeroportida Özbekiston yetakçisi va rafiqasini Qirğiziston prezidenti Sadir Japarov va rafiqasi kuzatib qöydilar.
Özbekiston prezidenti Çölponota şahrida qirğizistonlik hamkasbi bilan tor doirada hamda rasmiy delegatsiyalar iştirokida muzokaralar ötkazdi. Uçraşuvlarda har tomonlama strategik şeriklik munosabatlarini yanada çuqurlaştiriş, savdo hajmini oşiriş, sanoat kooperatsiyasini rivojlantiriş, transport sohasida özaro boğliqligini mustahkamlaş, suv-energetika hamda madaniy-gumanitar yönalişlarda hamkorlikni kengaytiriş masalalari körib çiqildi.

Ikki tomonlama hamkorlikni eng yuqori darajaga olib çiqadigan Ittifoqçilik munosabatlari töğrisidagi şartnomaning imzolanişi sammitning muhim natijasi böldi. Davlatlararo kengaş tuziş yuzasidankelişuvga erişildi.
Şuningdek, davlat çegarasi, ijtimoiy himoya va pensiya ta’minoti, oliy ta’lim, fuqarolarning kelib-ketişi, madaniyat, turizm hamda agrosanoat majmuasi sohalariga oid salmoqli hujjatlar töplami almaşildi.
Özaro tovar ayirboşlaş hajmini 3 milliard dollarga yetkaziş, sanoat kooperatsiyasi böyiça yangi loyihalarni amalga oşiriş, “Xitoy – Qirğiziston – Özbekiston” temir yöli böylab infratuzilmani rivojlantiriş hamda Qambarota-1 GESni barpo etiş loyihasini jadallaştiriş böyiça aniq çora-tadbirlar belgilandi.

Taşrif doirasida Şavkat Mirziyoyevga Qirğizistonning oliy davlat mukofoti – I darajali “Manas” ordenini topşiriş marosimi bölib ötdi.
Özbekiston yetakçisi Markaziy Osiyo va Ozarbayjon davlat rahbarlarining norasmiy uçraşuvida ham iştirok etdi.Hamkorlikning institutsional asoslarini mustahkamlaş, savdo va transport özaro boğliqligini rivojlantiriş, raqamli xizmatlarni kengaytiriş, ta’lim, ilm-fan va innovatsiyalarni rivojlantiriş, iqlim özgarişi bilan boğliq muammolarga birgalikda qarşi kuraşiş hamda gumanitar almaşinuvlarni kengaytiriş masalalariniqamrab oluvçi mintaqaviy hamkorlikning ustuvor yönalişlari yuzasidan öz nuqtai nazarini bayon qildi.

Taşrif doirasida davlat rahbarlari Qirğizistondagi ilk xalqaro toifadagi golf klubi, yangi beş yulduzli “Boku”mehmonxonasi hamda Issiqkölda suv-motor sporti böyiça çempionatning oçiliş marosimlarida iştirok etdilar.
Tadbirlar yakuniga yetgaç, Özbekiston prezidenti rafiqasi bilan Toşkentga jönab ketdi.












