Prezident Şavkat Mirziyoyev sun’iy intellekt ekotizimini rivojlantiriş böyiça amalga oşirilayotgan işlar va istiqboldagi ustuvor vazifalarga bağişlangan taqdimot bilan tanişdi.
Qayd etilişiça, sönggi yillarda mamlakat sun’iy intellektga tayyorlik böyiça xalqaro reytingda 25 poğona yuqorilab, 62-örinni egallagan. Endi 2030-yilga qadar uşbu reytingda Özbekistonni eng ilğor 50 davlat qatoriga olib çiqiş rejalaştirilgan.
Buning uçun sun’iy intellekt asosidagi dasturiy mahsulot va xizmatlar hajmini 1,5 milliard dollarga yetkaziş, hisoblaş infratuzilmasini kengaytiriş hamda 200 dan ortiq yangi loyihani amalga oşiriş közda tutilgan.
Taqdimotda zamonaviy hisoblaş infratuzilmasini rivojlantiriş masalalari ham muhokama qilindi. Xususan, ötgan oy «Raqamli hukumat» data-markazida NVIDIA texnologiyalari asosidagi superkompyuter işga tuşirilgani, uning quvvati böyiça jahon reytingida 321-örinni egallagani qayd etildi. Mavjud klasterni kengaytiriş uçun qöşimça 70 million dollar yönaltiriş taklif etildi.
Prezident sohada sifatli ma’lumotlar bazasini şakllantiriş, vazirlik va idoralardagi ma’lumotlarni tartibga soliş, joriy yilning özida iqtisodiyot va ijtimoiy sohalarda sun’iy intellekt asosidagi loyihalar sonini 100 tadan oşiriş zarurligini ta’kidladi.
Şuningdek, IT Park rezidentlari, startaplar va sun’iy intellekt laboratoriyalari bilan hamkorlikni kengaytiriş, sohada kadrlar tayyorlaşni kuçaytiriş, «Beş million sun’iy intellekt yetakçilari» loyihasini töliq amalga oşiriş hamda barça hududlarda sohaviy xakaton va tanlovlarni taşkil etiş böyiça vazifalar belgilandi.
Taqdimot yakunida mutasaddilarga hisoblaş quvvatlarini izçil oşiriş, amaliy loyihalarni köpaytiriş, iqtidorli yoşlar va startaplarni qöllab-quvvatlaş hamda sun’iy intellekt sohasida xalqaro hamkorlikni yanada kengaytiriş yuzasidan aniq topşiriqlar berildi.












