Özbekiston Markaziy banki boşqaruvi Tezkor tölovlar tizimi orqali jismoniy şaxslar örtasida mobil telefon raqami asosida pul ötkazmalarini amalga oşiriş qoidalarini tasdiqladi.

Markaziy bank boşqaruvining 2026-yil 14-avgustdagi 22/6-son qarori 24-avgust kuni Adliya vazirligida 3930-son bilan davlat röyxatidan ötkazilgan. Hujjat rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uç oy ötgaç kuçga kiradi.

Yangi qoidalarga muvofiq, jismoniy şaxslar Tezkor tölovlar tizimi orqali bir-biriga mobil telefon raqami asosida bank hisobvaraqlaridan töğridan töğri pul ötkazişi mumkin böladi. Buning uçun oluvçining mobil telefon raqami uning bank hisobvarağiga boğlangan bölişi kerak.

Barça jarayonlar avtomatik ravişda real vaqt rejimida amalga oşiriladi. Bunda banklar axborot va kiberxavfsizlikni taʼminlaş, şuningdek, firibgarlik holatlarining oldini oliş böyiça belgilangan talablarga rioya qilişi şart.

Telefon raqami bank hisobvarağiga boğlanadi

Yangi tartibda bank mobil ilovasida röyxatdan ötgan foydalanuvçining telefon raqamini uning bank hisobvarağiga boğlaş nazarda tutilgan.

Bir bank doirasida foydalanuvçi öz mobil telefon raqamini faqat bitta bank hisobvarağiga boğlay oladi. Boğlaş jarayoni yakunlanganidan keyin maxsus «boğlaş kodi» şakllantiriladi va u bankning mobil ilovasida körsatiladi. Kod olingan vaqtdan telefon raqami bank hisobvarağiga boğlangan hisoblanadi.

Agar foydalanuvçi mobil ilovada yangi telefon raqamini röyxatdan ötkazsa, avval hisobvaraqqa boğlangan raqam avtomatik ravişda yangisiga almaştiriladi.

Şuningdek, foydalanuvçi istalgan vaqtda mobil ilova orqali yoki bankka bevosita murojaat qilib, telefon raqamini hisobvaraqqa boğlaşni bekor qilişi mumkin.

Pul ötkazmalari 24/7 işlaydi

Mobil ilova orqali telefon raqami asosida pul ötkazmalari uzluksiz - sutkasiga 24 soat, haftasiga 7 kun amalga oşiriladi. Agar mijoz pul ötkaziş uçun bankka bevosita murojaat qilsa, operatsiya bankning iş kunlari va iş vaqtida bajariladi.

Pulni jönatişdan oldin tölovçiga ötkazma summasi, pulni oluvçining familiyasi, ismi va otasining ismi, mablağ tuşadigan bank nomi hamda xizmat uçun undiriladigan vositaçilik haqi haqida maʼlumot körsatiladi. Şundan söng tölovçi operatsiyani yakuniy tasdiqlaydi.

Pul qanday ötkaziladi?

Hujjatga ilova qilingan sxemaga köra, tölovçi bank mobil ilovasida oluvçining telefon raqami yoki «boğlaş kodi»ni kiritadi. Tizim uşbu maʼlumotlar orqali oluvçining hisobvaraği qaysi banklarda oçilganini aniqlaydi.

Şundan keyin tölovçiga oluvçining nomi va unga xizmat körsatuvçi bank haqida maʼlumot taqdim etiladi. Tölovçi maʼlumotlar töğriligiga işonç hosil qilib, pul ötkaziladigan bankni tanlaydi. Bank zarur rekvizitlarni tizim orqali oladi va tölov hujjatini şakllantiradi. Qabul qiluvçi bank tölovni tasdiqlaganidan keyin mablağ ötkaziladi.

Agar tölovçi va oluvçining hisobvaraqlari bitta bankda bölsa, operatsiyani Tezkor tölovlar tizimi orqali amalga oşiriş talab etilmaydi.

Pul muvaffaqiyatli ötkazilganidan keyin tölovçiga operatsiya sanasi va vaqti, tölov tizimi nomi, banklar, ötkazma va komissiya summasi, tölovçi hamda oluvçi haqidagi maʼlumotlarni öz içiga olgan tasdiqlovçi hujjat taqdim etiladi.