Onlayn-auksionni Pekin sudi tashkillashtirgan. Unda avvalgi abonentdan olib qo‘yilgan va “88888” soni bilan tugaydigan telefon raqami sotilgan. Auksion ishtirokchilaridan biri ushbu raqamga 2,25 mln yuan (324 ming dollar) to‘lashga rozi bo‘lgan.

Auksion xitoyliklar orasida ajiotaj keltirib chiqargan. Unda ishtirok etish 400 yuan turganiga qaramay, “baxtli” raqam uchun kurash olib borishga 5 mingdan ko‘proq odam ro‘yxatdan o‘tgan.

Xitoyda “8” raqami baxtli raqam hisoblanadi. Xitoyning mandarin shevasida u “farovonlik” so‘zining omonimi hisoblanadi.

Endilikda auksion g‘olibida telefon raqamini olish uchun tegishli pulni to‘lashga 10 kun vaqt bor.