Visual Capitalist infografikasi Similarweb maʼlumotlari asosida tayyorlangan. Reyting kompyuter va mobil qurilmalar brauzerlari orqali saytlarga taşriflarni hisobga oladi. Ilovalar, API va boşqa mahsulotlarga örnatilgan sunʼiy intellekt funksiyalaridan foydalaniş unga kiritilmagan.

Şuningdek, raqamlar alohida foydalanuvçilar sonini emas, taşriflar sonini anglatadi: bir kişi saytga bir neça marta kirişi mumkin.

Sentabr oyida Gemini saytiga 2,6 milliard marta taşrif buyurilgan. Uçinçi örindagi Claude esa qariyb bir milliard taşrif qayd etgan. Bu DeepSeek, Grok, Copilot va Perplexity saytlarining jami körsatkiçidan ham köp.

ChatGPT va Gemini birgalikda çat-botlar saytlariga taşriflarning asosiy qismini egallagan. Qolgan platformalar hissasiga umumiy trafikning beşdan biridan kamroği töğri kelgan.

2025-yil oktabridan 2026-yil sentabrigaça bölgan davrda Gemini va Claude tahlildagi yirik çat-botlar orasida öz uluşini oşirgan yagona platformalar bölgan. Manbada Gemini ösişi Google’ning keng foydalanuvçilar bazasi, Claude’niki esa dasturlaş va axborot bilan işlaş imkoniyatlari hamda ommaviy tanilişining ortişi bilan izohlangan.

Claude 2025-yil oktabrida beşinçi örinda turgan bölsa, endi uçinçi poğonaga kötarilgan. Şu davrda DeepSeek, Grok, Copilot va Perplexity’ning umumiy uluşi 11,4 foizdan 8,1 foizga tuşgan.

Microsoft Copilot 1,5 foizlik uluş bilan oltinçi örinni egallagan. Biroq bu körsatkiç uning Windows va Microsoft Office tarkibida işlatilişini qamrab olmaydi. Şu sababli reyting çat-botlarning barça platformalardagi umumiy ommabopligini emas, aynan veb-saytlariga taşriflarni aks ettiradi.