Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva 19-oktabr kuni AQŞ Davlat kotibining rafiqasi Janett Rubio bilan birgalikda Samarqandning tarixiy obidalarini ziyorat qildi.
«Qadrli mehmonimizni bu köhna va betakror şaharning boy tarixi, umrboqiy anʼanalari, şuningdek, mohir ustalarning sanʼati bilan taniştiriş niyatida unga hamrohlik qildim.
Janett xonim qalbida Özbekiston va mehmondöst xalqimiz haqida unutilmas taassurotlar qoldi deb umid qilaman», deb yozdi Saida Mirziyoyeva ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.












