Fitç tahlilçilariga köra, Jizzax iqtisodiyoti respublikadagi örtaça surʼatdan tezroq ösmoqda. Viloyatning moliyaviy profiliga esa “aa” baho berilgan.

Xöş, bu reyting nima beradi?

Gap şundaki, xorijiy investor biror hududga pul tikmoqçi bölsa, uning moliyaviy ahvoli, qarzlarini qaytariş imkoniyati va xatarlariga ham qaraydi. Fitch kabi xalqaro agentlikning bahosi şuning uçun kerak.

Endi Jizzax viloyatining ham investorlar oldiga qöyadigan mustaqil xalqaro bahosi bor.

Albatta, reytingning özi zavod qurib, odamlarni işli qilib qöymaydi. Lekin investitsiya jalb qilişda qöşimça imkoniyat yaratadi.

Reklama huquqi asosida