Röyxatga rasman tasdiqlangan loyihalar hamda quriliş maydonlarini tayyorlaş işlari allaqaçon boşlangan binolar kiritilgan. Bundan taşqari, qurilişi boşlangan, biroq keyinçalik töxtatib qöyilgan osmonöpar binolar ham örin olgan.

Rise Tower, Saudiya Arabistoni

Foto: Saudi Arabia Holding Co.
Rise Tower minorasi renderi

Loyihaga köra, uning balandligi 2000 metrni, qavatlar soni esa 678 tani taşkil etadi. Şu tariqa, u Dubaydagi Burj Halifadan ikki barobardan ham köproq baland böladi.

Loyiha Buyuk Britaniyaning Foster + Partners arxitektura byurosi tomonidan işlab çiqilgan va Saudiya Arabistoni Suveren jamğarmasi tomonidan qöllab-quvvatlanmoqda. U Ar-Riyodning şimoliy qismida qurilişi rejalaştirilgan, maydoni 306 kvadrat kilometr bölgan North Pole megapolisininn markaziy inşootiga aylanadi.

Oblisco Capitale, Misr

Foto: Getty Images
Oblisco Capitale

Oblisco Capitale - Misrning yangi maʼmuriy poytaxtida barpo etilişi rejalaştirilgan, qurilişi rasman maʼqullangan loyiha. Uning balandligi 1000 metrga teng böladi.

Loyiha 2018-yilda Egypt Vision 2030 milliy strategiyasi doirasida taqdim etilgan. U Misrning arxitektura va iqtisodiy rivojlaniş sohasidagi ulkan maqsadlarini, şuningdek, sayyoradagi eng baland inşootni quriş orqali mamlakatning xalqaro mavqeini mustahkamlaşga intilişini aks ettiradi.

BUMN Tower, Indoneziya

Foto: Getty images
BUMN Tower

BUMN Tower - Indoneziyaning yangi poytaxtiga aylanişi rejalaştirilgan, hozirda rivojlaniş bosqiçida bölgan Nusantara şahrida qurilişi möljallangan, 156 qavatli osmonöpar bino loyihasi. Binoning balandligi 745 metrni taşkil etadi.