Şimoliy Yevropaning Birlaşgan ekspeditsion kuçlari (Joint Expeditionary Force, JEF) tarkibiga kiruvçi davlatlari 10-noyabr kuni harbiy-dengiz kuçlari örtasidagi hamkorlik töğrisida bitim imzolaydi. Bu haqda Buyuk Britaniya Qurolli kuçlari boş ştabi boşliği Riçard Nayton maʼlum qildi.

JEF tarkibiga 10ta davlat, xususan, Buyuk Britaniya, Norvegiya, Şvetsiya, Islandiya, Daniya, Latviya, Estoniya kiradi.

Financial Times naşrining yozişiça, ular hamkorlik töğrisidagi bitimni Buyuk Britaniya Qirollik harbiy-dengiz kuçlariga qaraşli HMS Prince of Wales aviataşuvçisi bortida imzolaşi kutilmoqda.

Riçard Naytonning sözlariga köra, kelişuv imzolanişi natijasida Buyuk Britaniya boşçiligidagi JEF davlatlari «özaro anglaşuv memorandumlari, axborot almaşinuvi va uçraşuvlar»dan amaliy harakatlarga ötadi.

«Eng muhim vazifalardan biri - uruş vaqtida Rossiya suvosti kemalari kemalarga zarba beriş yoki ularga tahdid soliş imkoniyatiga ega bölmasligi uçun ularni tiyib turiş», - dedi u.

Naytonning qöşimça qilişiça, bunday harakatlar Yevropa davlatlariga AQŞning şarqiy qirğoqlari xavfsizligini taʼminlaş imkonini ham beradi.