17 Mart

18:09

«Eng avval homilador ayollar o‘ldi» - Mariupol drama teatridagi portlashni guvohlar qanday eslaydi?

Ukrainaning Mariupol shahri drama teatri portlatilganda yuzlab insonlar qurbon bo‘lgan. Ukraina Rossiyani aviabomba tashlab teatrni portlatganlikda ayblasa, Rossiyada bu versiya uchun qamoqqa tushish mumkin: ruslarning nazdida teatrni u yerda rusiyzabonlarni garovga olgan «Azov» bataloni portlatgan. Batafsil

11:51

Makron munozarali qonunni ovoz berishsiz qabul qilishga qaror qildi. Parijda – tartibsizliklar

Fransiya hukumati ziddiyatli qadam tashladi va pensiya yoshini oshirish to‘g‘risidagi rezonansli qonunni parlamentning quyi palatasi – Milliy assambleyada ovoz berish jarayonisiz qabul qildi. Parijdagi Kelishuv maydonida tartibsizliklar avj oldi. Batafsil

10:26

9 ta viloyatda sel xavfi e’lon qilindi

16 Mart

22:22

Rossiya Amerika dronini dengiz tubidan olib chiqishga urinmoqda. AQSh endi unda hech qanday qimmatli narsa yo‘qligini aytdi

Rossiya hukumati o‘z harbiylari Qora dengizda amerikaliklarning shu kunlarda qulab tushgan MQ-9 Reaper droni qoldiqlarini olib chiqish uchun amaliyotni davom ettirayotganini tasdiqladi. AQSh ma’muriyati vakillari esa buni amalga oshirish qiyinligi, u topilgan taqdirda ham, undagi barcha qimmatli ma’lumotlar masofadan turib yo‘q qilinganini ta’kidlamoqda. Batafsil

15:01

Toshkentda metro qurilishi sabab 22 tup chinor kallaklanib, boshqa yerga ko‘chirilyapti

Yangihayot tumanidan o‘tgan yerusti metrosining 5-bekati oldidagi ko‘p yillik chinor daraxtlarini metro qurilishi bahonasida «boshqa joyga ko‘chirish»ga qaror qilingan. Mutaxassislar 5 yoshdan oshgan daraxtlarni ko‘chirib o‘tkazish noto‘g‘ri ekanini aytishgan. Batafsil

11:44

Tbilisini tinch yo‘l bilan mahv etishga chog‘langan Moskva - Gurjistonda chet el agentlariga qarshi qonun nega kerak bo‘ldi?

Chet el agenti to‘g‘risidagi tashabbus nega kerak bo‘lib qoldi, nega Gurjiston hukumatini Kreml bilan aloqalarda ayblashmoqda, sobiq prezident Mixail Saakashvili ozodlikka chiqariladimi? Batafsil

15 Mart

22:50

Qora dengizda Amerika droni qulashi. So‘nggi ma’lumotlar

AQSh bu rossiyaliklarning Su-27 samolyoti bilan to‘qnashuv oqibatida ro‘y berganini aytmoqda. Rossiya buni rad etgan. Ekspertlarning hisoblashicha, bu hodisa tufayli ikki mamlakat o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri to‘qnashuv kelib chiqmaydi. Batafsil

18:29

«G‘alabaga intilayotganimizni ko‘rmayapman». Politico - «AQSh ma’muriyatida Ukrainani qo‘llashdagi bo‘linish» haqida

Rossiyaning Ukrainaga keng ko‘lamli bosqinining bir yili o‘tganidan keyin Kiyev va uning asosiy ittifoqchisi Vashington o‘rtasida urush maqsadlari va harbiy harakatlarni yakunlash muddati bo‘yicha masalalarda tobora ko‘proq ziddiyat yuzaga kelmoqda. Batafsil

13:29

O‘zbekiston aholisining 83 foizi chuqur kovlama ko‘rinishidagi hojatxonadan foydalanadi - PMTI

O‘zbekistonda aholining 82,8 foizi turli darajadagi sanitariya darajasiga ega chuqur kovlamali hojatxonadan foydalanadi. Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti o‘rganishlariga ko‘ra, bor-yo‘g‘i 16,6 foiz aholining uyida ventilyatsiya qilingan (yaxshilangan) chuqur kovlamali hojatxona bor. Hojatxonasi markazlashgan kanalizatsiyaga ulanganlar ulushi ham atigi 16 foiz. Batafsil

13:21

WP: Ukraina keng ko‘lamli yurish uchun yetarli kuchga ega bo‘lmasligi mumkin

Ukraina armiyasi bir yil ichida katta yo‘qotishlarga uchragan. Oldingi chiziqqa jang ko‘rmagan yangi askarlar yuborilmoqda. Batafsil

14 Mart

23:09

Qora dengizda Amerika droni Rossiyaning Su-27 samolyoti ta’sirida suvga quladi

Prezident Jo Bayden mojarodan xabardor qilindi.  Batafsil

20:16

Yirik aktivlarni sotishda kimlar konsultantlik qilyapti?

O‘zbekistonda xususiylashtirishning yangi to‘lqini ketmoqda. Bu safar jarayonga nufuzli xalqaro maslahatchilar ham jalb qilinyapti. Kun.uz xusuciylashtirish jarayonlarida qatnashayotgan professional konsalting kompaniyalari qaysilar ekaniga qiziqdi. Batafsil

11:01

AQShda o‘zbekistonlik Sayfullo Soyipov umrbod qamoq jazosiga hukm qilindi

O‘zbekiston fuqarosi, Nyu-York shahrida terakt uyushtirgan Sayfullo Soyipov shartli ravishda ozod etish huquqisiz umrbod qamoq jazosiga hukm qilindi. U 2017 yilda yuk mashinasida 8 kishini bosib ketgan va o‘nlab odamlarni jiddiy jarohatlagandi. Batafsil

13 Mart

22:09

«Vardanyan» operatsiyasi: Kreml o‘z milliarderi yordamida Qorabog‘dagi vaziyatni qanday beqarorlashtirdi?

Ozarboyjon va Armaniston o‘rtasidagi talash hudud atrofidagi ziddiyat nega Rossiya uchun foydali? Kreml tomonlar uzil-kesil tinchlikka erishishiga qanday to‘sqinliklar qilmoqda? Kavkazshunos ekspert o‘zining bu boradagi fikrlarini bayon etdi. Batafsil

22:04

Gulnora Karimova qanday qilib 240 mln dollarlik ko‘chmas mulk imperiyasini qurgandi?

Gulnora Karimova turli firmalar orqali Buyuk Britaniya, BAA, Shveytsariya, Fransiya va Gongkongda 240 mln dollarlik kamida 14 ta ko‘chmas mulk sotib olgan. Ular orasidan kvartiralardan tortib qasrlargacha bor. Bu borada yevropalik mustaqil surishtiruvchilar guruhi yangi hisobot e’lon qildi. Hisobot mualliflaridan biri Karimova ishini “barcha davrlardagi eng yirik korrupsion keyslardan biri” deb ta’riflaydi. Batafsil

12:24

Konstitutsiyaviy sud: Konstitutsiyaviy qonun loyihasini referendumga qo‘yishga monelik qiluvchi holatlar aniqlanmadi

11:51

Bosimda qolgan o‘qituvchilar, «suvdan quruq chiqayotgan» maktab direktori – Yashnoboddagi maktabda nimalar bo‘lmoqda?

Ijtimoiy tarmoqlarda 152-maktabda o‘quvchini kaltaklagan o‘qituvchining videosi tarqaldi. Keyinroq pedagog bu holat uyushtirilganini yozib chiqdi. Kun.uz vaziyatni har tomonlama o‘rganish maqsadida maktabga borib, kaltaklangan bolaning onasi, o‘qituvchi bilan suhbatlashdi. Batafsil

12 Mart

19:37

«Milliarderlar ovi». Nega Xitoyda yirik ishbilarmonlar g‘oyib bo‘lmoqda?

Fevral oyida Xitoyda yuqori texnologiyalar sohasidagi yirik biznes-vositachi Bao Fan bedarak yo‘qoldi. Ushbu voqea Xitoyda nisbatan yaqinda paydo bo‘lgan tendensiyaga - milliarderlarning g‘oyib bo‘lishiga yana e’tibor qaratishga sabab bo‘ldi. Batafsil

18:08

Rossiyaning yangi raketa hujumlari taktikasi. U qanchalik samarali?

9 mart kuni Rossiya harbiylari Ukrainaga yana kuchli raketa hujumlari uyushtirdi. Ammo bu safar zarba nafaqat keng ko‘lamli, balki ko‘p darajali ham bo‘ldi. Zarbalar bir vaqtning o‘zida turli raketalar orqali amalga oshirildi. Rossiya qurolli kuchlari tomonidan Ukraina hududini o‘qqa tutish taktikasi yana qanday o‘zgarishga uchrashi mumkin? Batafsil

12:32

Migratsiya agentligi Rossiyada ishlayotgan o‘zbekistonliklarni ogohlikka chaqirdi

10:54

Rossiya aholisi ketma-ket ikkinchi yil milliondan ziyodga kamaymoqda: bunga urushning qanday ta’siri bor?

11 Mart

21:27

Frontdagi vaziyat: Ukraina qarshi hujumga o‘tishi mumkin bo‘lgan muddat aytildi

Politico nashri amerikalik harbiylarga tayanib yozishicha, Ukraina armiyasining yirik qarshi hujumi yaqin olti–sakkiz hafta ichida ro‘y beradi. Ukrainaliklar bahorgi loygarchiliklar tugab, kunlar isishini, shuningdek o‘z bo‘linmalarining Yevropa davlatlaridagi o‘qishlari yakunlanishini kutmoqda. Batafsil

21:00

«O‘zbekneftgaz»ga yangi rahbar tayinlandi 

Bahodirjon Siddiqov yana bu lavozimga qaytdi.  Batafsil

18:42

5 daqiqada foizsiz 50 mln kredit yoxud firibgarlarning navbatdagi nayrangi 

13:09

Maktab o‘quvchilari yakuniy imtihonida kreativ va mantiqiy fikrlashga yo‘naltirilgan topshiriqlardan foydalaniladi

10:27

«Bu holat uyushtirilgan, kim bunday qilganini ham bilaman» - o‘quvchini kaltaklagan o‘qituvchi

Yashnobod tumanidagi maktab o‘qituvchisi jarimaga tortildi. U o‘quvchiga nima sabab qo‘l ko‘targanini ochiqlab, yuzaga kelgan vaziyat bo‘yicha munosabat bildirdi. Batafsil

10 Mart

23:28

«Rossiya qonuniga yo‘q!» - Gurjistonda «chet el agenti» to‘g‘risidagi qonunga qanday qarshi turishdi?

Gurjistondagi hukmron «Gurjiston orzusi» partiyasi birinchi o‘qishda qabul qilib bo‘lingan «chet el agentlari» to‘g‘risidagi qonun loyihasini parlamentdan qaytarib oldi. Bu odatiy hodisa emas: bu qarorga ikki kun davom etgan va politsiya tomonidan bostirilgan namoyishlar sabab bo‘ldi. Batafsil
Top