Migratsiya agentligi Rossiyada işlayotgan özbekistonliklarni internet orqali katta pul evaziga mahsulotlarni bir manzildan ikkinçi manzilga yetkazib beriş haqidagi e’lonlar yuzasidan ogohlikka çaqirdi.
Xabarga köra, sönggi vaqtlarda Rossiyada işlayotgan yurtdoşlar orasida Internet orqali katta pul evaziga mahsulotlarni bir manzildan ikkinçi manzilga yetkazib beriş haqidagi e’lonlar böyiça muammolar yuzaga kelmoqda. Norasmiy kurerlik xizmatlarida narkotik yoki taqiqlangan moddalar solingan buyurtmalarni yetkazib beriş («zakladka») taklif qilinmoqda va buning oqibatida politsiya xodimlari tomonidan ular uşlanib, jinoiy javobgarlikka tortilmoqda.
«Şu munosabat bilan yurtdoşlarimizdan norasmiy kurerlik xizmatlarida işlamaslikni, katta miqdordagi pul evaziga şubhali buyumlarni bir manzildan ikkinçi manzilga yetkazib bermaslikni yoki mahsulotni albatta tekşirişni söraymiz.
Eslatib ötamiz, Rossiya qonunçiligiga köra, narkotik moddalarni sotiş yoki yetkazib beriş uçun uzoq muddatli qamoq jazosi belgilangan», deyiladi agentlik xabarida.
Ma’lumot uçun, sönggi vaqtlarda Rossiyada qamalgan xorijliklar, jumladan Özbekiston fuqarolari Ukrainadagi harbiy harakatlarga jalb etilişi holatlari köpaymoqda.












