O‘zbekiston aholisining 83 foizi chuqur kovlama ko‘rinishidagi hojatxonadan foydalanadi - PMTI
O‘zbekistonda aholining 82,8 foizi turli darajadagi sanitariya darajasiga ega chuqur kovlamali hojatxonadan foydalanadi. Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti o‘rganishlariga ko‘ra, bor-yo‘g‘i 16,6 foiz aholining uyida ventilyatsiya qilingan (yaxshilangan) chuqur kovlamali hojatxona bor. Hojatxonasi markazlashgan kanalizatsiyaga ulanganlar ulushi ham atigi 16 foiz.
Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti O‘zbekistonda hojatxonalarning sanitariya qoidalariga javob berishi haqidagi tahlilini e’lon qildi. Unga ko‘ra, O‘zbekistonda aholining 41 foizi chuqur kovlama ko‘rinishidagi hojatxonadan foydalanadi. Qishloqlarda bu ko‘rsatkich 50 foizdan yuqori.
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (WHO) va BMT Bolalar jamg‘armasi (UNICEF) ma’lumotlariga ko‘ra, 2019 yilda O‘zbekistondagi maktablarning 13 foizida qo‘lni sovun va suv bilan yuvish uchun sharoit bo‘lmagan. Maktablarning 83 foizi toza ichimlik suvi, 78 foizi esa sanitariya vositalaridan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lgan.
Dunyo miqyosida esa 2,5 milliard kishi sanitariya talabiga javob bermaydigan xojatxonadan foydalanadi. Qishloq joylarda sanitariya talablariga javob beruvchi hojatxonalarni qurish diareya bilan kasallanish holatlarini 30-50 foizga kamaytiradi.

Tadqiqotlarga ko‘ra, inson axlatining 1 grammida 10 milliontagacha virus, milliontagacha bakteriya, mingtagacha parazit kistasi va yuzga yaqin parazit tuxumi bo‘lishi mumkin. Hindistonda diareya tufayli har yili 400 ming nafardan ortiq kishi hayotdan bevaqt ko‘z yumgan.

Sanitariya talabiga javob bermaydigan maktab hojatxonalari bolalarning u yerga kirmasligiga sabab bo‘ladi. Shvetsiyada 6-16 yosh oralig‘idagi bolalar o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rov natijalari bolalarning salkam 16 foizi maktabda kichik hojatga umuman chiqmasligini ko‘rsatgan. Bu holat yoshi kattaroq (13-16 yosh) bolalar orasida yanada yomonroq – 25 foiz. Bolalar asosiy sabab sifatida maktabdagi hojatxonaning ko‘rinishi va hidini keltirgan. Bu esa kun davomida bolalarning yetarlicha suv ichmasligiga olib keladi. Chunki ular hojatga chiqmaslik uchun ham suv ichishdan o‘zlarini tiyadi.

Institut hozirgi holatda O‘zbekistondagi sanitariya talablariga javob bermaydigan chuqur kovlama hojatxonalarni ventilyatsiya qilinadigan va plitalar bilan qoplangan holatga keltirish va buni maktablardan boshlashni tavsiya etgan.
Tavsiya etamiz
Yozda top-klublar «talashishi» kutilayotgan 11 hujumchi
Sport | 15:30 / 01.04.2025
Konteynerni o‘quv markaziga aylantirgan vodillik talaba hikoyasi
Jamiyat | 09:03 / 01.04.2025
Samarqand shahriga kirish yo‘llari vaqtincha yopiladi
O‘zbekiston | 21:35 / 30.03.2025
Dunyo bo‘ylab Ramazon hayiti qanday kutib olindi – fotolar
Jahon | 20:30 / 30.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Xorazmda pulini ko‘paytirib berishni aytib, mingdan ortiq odamni chuv tushirgan shaxs ushlandi
Jamiyat | 20:24
-
Bitta mashinada nuqson topilsa, brendning hamma modellarini yoppasiga taqiqlash to‘g‘rimi?
O‘zbekiston | 20:13
-
AQSh Xo‘jand deklaratsiyasi va chegaralarning tutash nuqtasi bo‘yicha shartnomani olqishladi
O‘zbekiston | 20:07
-
Janubiy Koreyada bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolari ogohlikka chaqirildi
Jahon | 20:01
Mavzuga oid

20:49 / 27.03.2025
«O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi» tanqid ortidan poyezdlarda sanitariya nazorati kuchaytirilishini e’lon qildi

12:20 / 06.03.2025
Ko‘changiz asfalt qilinmagan, ichimlik suvi va kanalizatsiya yo‘qmi? Bu haqda Telegram orqali xabar bering

16:34 / 13.02.2025
Inson hayoti va sog‘ligiga yuqori xavf soluvchi omillar reyestri yuritiladi

13:43 / 09.01.2025