9 mart kuni keçqurun Ukraina osmonida uçgan sakkiz turdagi raketadan uçtasini Ukraina havo hujumidan mudofaa tizimi urib tuşira olmaydi. Gap X-47 «Kinjal», X-22 va yerdagi nişonlarga hujum qiliş uçun modifikatsiyalangan C-300 raketalari haqida bormoqda.

Ruslar bu safar ham, xuddi kuz va qişda bölgani kabi, Ukrainaning elektr tizimiga zarbalar berdi va X-31P kabi radarlarga qarşi raketalar yordamida Ukrainaning havo hujumidan mudofaa tizimini yöq qilişga harakat qildi.

Biroq, BBC News naşrining Ukraina hukumatidagi manbasi hujumdan bir neça kun oldin köpriklar va temiryöl liniyalari yangi yalpi hujumlar nişoniga aylanişi mumkinligi haqida allaqaçon ogohlantirgan edi.

Rossiyaliklarning 9 martga ötar keçasi urib tuşirilgan qanotli raketasi parçalari
Foto: CHERNIGOV REGION POLICE

Rossiya armiyasining qiş oylarida Ukrainani muzlatiş va zulmatda qoldiriş rejasi muvaffaqiyatsizlikka uçradi. Endi ular energetika tizimlaridan transportlarga hujumga qilişga ötişi mantiqan töğri böladi. Ma’lumki, Rossiya harbiylari uzoq vaqtdan beri Ukrainaga Ğarb qurollarini yetkazib beriş yöllarini kesib qöyişni orzu qiladi.

Boşqa tomondan, rus harbiylarining harakatlaridan mantiqiylikni topişga uriniş hozirgaça befoyda iş bölib qolmoqda.

«Negadir biz isitiş mavsumining tugaşi va ‘Ukrainani muzlatişʼ strategiyasini davom ettirişning aniq ma’nosizligi ‘raketalar uruşi’ga nuqta qöyadi deb hisoblagandik. Lekin aftidan bunday emas», deydi «Strategiya XXI» Ukraina global tadqiqotlar markazining xavfsizlik böyiça mutaxassisi Pavel Lakiyçuk.

Uning ta’kidlaşiça, buning sababi şunçaki Rossiya harbiy rahbariyati tafakkuridagi inersiya yoki oddiy nomuvofiqlik bölişi mumkin.

«Uşbu uruşda ruslar köpinça öz xatti-harakatlarining mantiqsizligini körsatdi. Şuning uçun, duşman energiya infratuzilmasini öqqa tutişdan transport infratuzilmasiga hujum qilişga ötişi yoki yöqligini taxmin qilişga urinişdan ma’no yöq», deya qöşimça qilgan Lakiyçuk.