5 Avgust

Jizzax viloyatida faoliyat ko‘rsatuvchi bir guruh tadbirkorlik sub'yektlari ularga nisbatan noqonuniy ravishda qarzdorlik hisoblangani va ular asossiz gaz tarmog‘idan uzilganidan norozi bo‘lib, Biznes-ombudsmanga murojaat qildi.

Jizzaxda abituriyentni tanishlari orqali institutga kiritib qo‘yishni va'da qilib, evaziga pul talab qilgan fuqaro aniqlandi. U 3000 AQSh dollari miqdoridagi pulni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan. Bu haqda Jizzax viloyati prokuraturasi ma'lum qildi.

3 Avgust

Samarqand shahrida yashovchi shaxs o‘z boshqaruvidagi BMW mashinasi bilan Toshkentga ketayotib, Jizzax viloyati hududida Qashqadaryo viloyatida yashovchi shaxs boshqaruvidagi Nexia mashinasini siqib yo‘l chetiga chiqarib yuborgan. Oqibatda Nexia yo‘l-transport hodisasiga uchrab, shikastlangan. Unda yo‘lovchi sifatida ketayotgan shaxs tan jarohatlari olgan. Bu haqda Jizzax viloyati IIB axborot xizmati xabar bermoqda.

1 Avgust

Jizzax viloyatining Zomin tumanidagi tog‘li hududda yong‘in chiqdi. 

30 Iyul

Jizzax viloyati Do‘stlik tumanida jinoyat sodir etganlikda ayblanayotgan bank mutasaddisiga yengil jazo chiqartirib berishini aytib, undan 11 200 dollar olgan advokat ushlangan. Bu haqda Korrupsiyaga qarshi kurash agentligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

25 Iyul

Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumani Nurafshon mahallasida yashaydigan 2 yoshli Robiya sog‘lom tug‘ilgan bo‘lsa-da, shifokorning birgina noto‘g‘ri ukol qilishi oqibatida oyoq qismida shish paydo bo‘la boshlagan.

24 Iyul

Jizzax viloyati Forish tumani hududidagi Jizzax – Forish – Qizilcha yo‘lining 41- kilometrida Zafarobod tumanida yashovchi fuqaro boshqaruvidagi “Nexia-3” qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanayotgan Jizzax shahrida yashovchi shaxs boshqaruvidagi «Sobalt» bilan to‘qnashdi.

19 Iyul

Jizzax viloyatining Mirzacho‘l tumanida yashovchi ota ikkita uyini ikki nafar farzandining alimenti uchun sobiq rafiqasining nomiga o‘tkazib bergan.

17 Iyul

Jizzax shahrida tadbirkorga tegishli yer maydonini firibgarlik yo‘li bilan pullayotgan ish boshqaruvchi qo‘lga olingan Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar bermoqda.

Jizzax viloyati Mirzacho‘l tumanida yashovchi fuqaro o‘z turmush o‘rtog‘ini qasddan o‘ldirish maqsadida, oshxona pichog‘i bilan unga tan jarohati yetkazdi. Bu haqda Jizzax viloyati prokuraturasi ma'lum qildi.

16 Iyul

Jizzax viloyati Paxtakor tumani hududida Isuzu haydovchisi uxlab qolib «Damas»ga urilgan. Oqibatda «Damas» yo‘lovchisi og‘ir tan jarohatlari olib, vafot etgan. Bu haqda viloyat IIB xabar bermoqda.

15 Iyul

Jizzax shahrida ikki nafar fuqaroni 18 ming AQSh dollari evaziga xorijiy universitetga kiritib qo‘ymoqchi bo‘lgan shaxslar ushlangan. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar bermoqda.

Ko`proq yangiliklar
Top