Boş prokuratura huzuridagi Departamentning Jizzax şahar bölimi hamda DXXning viloyat boşqarmasi tomonidan ötkazilgan tezkor tadbirda 2 nafar fuqaroni 18 ming AQŞ dollari evaziga öqişga kiritib qöymoqçi bölgan şaxslar uşlandi. Bu haqda Departament matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ma'lumotga köra, fuqarolar G. R. va J.S.lar oldindan til biriktirib, ikki nafar fuqaroni vakolatli tanişlari orqali evaziga xorij universitetlaridan biriga öqişga kiritib qöyişni va'da qilgan.
Ular 18 mingdan 5,8 ming AQŞ dollarini firibgarlik yöli bilan olgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlangan.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora beriş) bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari ötkazilmoqda.
Navoiyda institutga kiritişini aytib fuqarodan 2000 dollar olgan öqituvçi uşlandi
Buxoroda 2 500 dollar evaziga fuqaroni OTMga öqişga kiritmoqçi bölgan öqituvçi uşlandi











