Jizzax viloyati hududidan ötgan yölda odam ölimi bilan boğliq yöl-transport hodisasi sodir bölgan. Bu haqda viloyat IIB YHXB axborot xizmati xabar bermoqda.

Ma’lum bölişiça, A-376 xalqaro avtomobil yölining 284-kilometrida Cobalt va Nexia-3 maşinalar özaro töqnaşgan.

Oqibatda Nexia-3 haydovçisi oğir tan jarohatlari olib, voqea joyida halok bölgan.

Ötkazilgan suriştiruvda YTHga Cobalt haydovçisi sababçi bölgani, u qoidalarni qöpol tarzda buzib, qarama-qarşi yönalişga çiqqani va öz yölidan kelayotgan Nexia-3ʼga urilgani aniqlangan.