16 Avgust

Jizzax viloyati G‘allaorol tumanida yuk mashinasi bilan to‘qnashgan «Kobalt» yo‘lovchisi vafot etgan.

13 Avgust

Bosh prokuratura tomonidan Jizzax viloyatida o‘tkazilgan tekshirish davomida Arnasoy tumani hokimligi mansabdor shaxslari tomonidan 7 milliard so‘mdan ortiq mablag‘lar o‘zlashtirib yuborilgani aniqlangan. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov ma'lum qildi.

12 Avgust

Jizzax viloyatining Zomin va G‘allaorol tumanlarida gulchilik va ko‘chatchilikni rivojlantirish, mahalliy va xorijiy gul navlarini parvarishlash, aholi o‘rtasida gulchilik san'ati sir-asrorlarini ommalashtirish maqsadida yer maydoni ijaraga beriladi. Bu haqda viloyat hokimining qarori qabul qilindi.

Jizzax viloyati Zarbdor tumanida qasddan odam o‘ldirish bilan bog‘liq jinoyat sodir etildi. Bu haqda Jizzax viloyati prokuraturasi tomonidan Kun.uz’ga ma'lum qilindi.

Jizzax viloyati Zomin tumani hududida «Zil-138» yuk mashinasi bilan to‘qnashishi oqibatida «Nexia» to‘liq yonib ketdi. Bu haqda viloyat IIB tomonidan ma'lum qilindi.

10 Avgust

Jizzax viloyati Zarbdor tumanida yashovchi fuqaroning uyida yong‘in sodir bo‘lgan. Oqibatda mazkur xonadonda joylashgan og‘ilning 20 metr kvadrat tom qismi va 300 bog‘ somon yonib ketgan. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar bermoqda.

Joriy yilda Jizzax viloyatida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisalarining 33 tasi haydovchilarning uxlab qolishi tufayli yuz bergan. Bu haqda viloyat IIB YHXB xabar bermoqda.

9 Avgust

Shofirkon va Denov tumanlarida yer sotish bilan bog‘liq firibgarlik holatlari aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar bermoqda.

8 Avgust

Zomin tumanining tog‘li hududida 80 gektar emas, 27 gektar maydonga zarar yetgani ma'lum qilindi, qancha dov-daraxt nobud bo‘lgani ma'lum emas.

7 Avgust

Jizzax viloyati Zomin tumanida yuk mashinasi eshak-aravani urib yuborgan. Oqibatda unda bo‘lgan maktab o‘quvchisi tan jarohatlari olgan. Bu haqda viloyat IIB xabar bermoqda.

Jizzax viloyatining Sharof Rashidov tumanida tuman hokimining qarori bilan yoshlar mehnat guzari va kovorking markazi qurish uchun ajratilgan 4,25 sotix yerni yerni noqonuniy ravishda sotayotgan shaxs ushlandi. Bu haqda Jizzax viloyati prokuraturasi ma'lum qildi. 

5 Avgust

Zomin tog‘laridagi o‘rmon yong‘ini sabablari hozircha jamoatchilikka oshkor qilinmadi. Ammo, Kun.uz’ga yetib kelgan ma'lumotlarda olov mansabdorning yaqin qarindoshiga tegishli dala hovlida olib borilayotgan qurilishdan chiqqani aytiladi.

Ko`proq yangiliklar
Top