Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston | 15:50 / 17.08.2021
4379
1 daqiqa o‘qiladi
O‘zbekistonga choy asosan Xitoy va Keniyadan olib kelinyapti
Choy importi 2,7 mln AQSh dollariga oshgan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma'lum qildi.
Qo‘mita xabariga ko‘ra, O‘zbekiston 2021 yilning yanvar-iyun oylarida 20ta xorijiy davlatdan qiymati 20,2 mln AQSh dollariga teng bo‘lgan 15,3 ming tonna choy import qilgan.
Bildirilishicha, o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda choy importi 2,7 mln AQSh dollariga oshgan.
O‘tgan olti oy mobaynida O‘zbekiston choy mahsulotini eng ko‘p import qilgan davlatlar:
- Xitoy – 12,1 ming tonna;
- Keniya – 1,1 ming tonna;
- Eron – 575,7 tonna;
- Indoneziya – 347,4 tonna;
- Hindiston – 337,4 tonna;
- Vetnam – 254,6 tonna;
- Rossiya – 216,9 tonna;
- Shri-Lanka – 211,4 tonna;
- BAA – 148,9 tonna.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lishMavzuga oid
15:24 / 01.07.2026
O‘zbekistonda benzin narxi rekord darajada qimmatlashdi. Sabab nima?
09:05 / 29.06.2026
O‘zbekiston qaysi tovarlarni eng ko‘p import qilyapti?
10:40 / 27.06.2026
Aviayonilg‘i taqchilligi: Rossiya importni keskin ko‘paytirdi
09:30 / 27.06.2026