Jizzaxda fuqaroning yashash xonadonida yong‘in sodir bo‘ldi. Qasddan o‘t qo‘yilganlik gumoni bilan tekshiruv o‘tkazilmoqda

Jizzax viloyati Zarbdor tumanida yashovchi fuqaroning uyida yong‘in sodir bo‘lgan. Oqibatda mazkur xonadonda joylashgan og‘ilning 20 metr kvadrat tom qismi va 300 bog‘ somon yonib ketgan. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, joriy yil 9 avgust kuni soat 12:39 da Zarbdor tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limiga 101 qisqa raqami orqali tumanning Taraqqiyot mahallasi Oltinsoy qishlog‘ida yashovchi fuqaro A.N.ning yashash xonadonida yong‘in sodir bo‘lganligi xaqida ma'lumot kelib tushgan.
Yong‘in sodir bo‘layotgan joyga darhol tuman FVB yong‘in-qutqaruv bo‘linmasi yuborilgan. Qutqaruvchilar yong‘in joyiga yetib borganda yashash xonadonining og‘ilxonasida somon g‘arami yonayotganligi ma'lum bo‘lgan va ko‘rilgan tezkor chora-tadbirlar natijasida yong‘in to‘liq bartaraf etilgan.
Qayd etilishicha, yong‘in oqibatida og‘ilxonaning 20 metr kvadrat maydonida tom qismi va 300 dona presslangan somon yonib zararlangan. Mazkur hodisada hech kim jabrlanmagan.
Ta'kidlanishicha, yong‘in sodir bo‘lgan vaqtda xonadonda hech kim bo‘lmagan. Uy egalari va guvohlarning fikriga ko‘ra, yong‘in qasddan sodir etilgan bo‘lishi mumkin. Hodisa yuzasidan tergovoldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Tavsiya etamiz
Samarqand shahriga kirish yo‘llari vaqtincha yopiladi
O‘zbekiston | 21:35 / 30.03.2025
Dunyo bo‘ylab Ramazon hayiti qanday kutib olindi – fotolar
Jahon | 20:30 / 30.03.2025
AQSh «Tolibon» bilan aloqa o‘rnatyaptimi?
Jahon | 16:25 / 30.03.2025
Germaniyadagi shaharcha gazetada e’lon berib, yangi hokim axtarmoqda
Jahon | 07:57 / 30.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Islandiyada harakatga kelgan vulqon sabab aholi evakuatsiya qilinmoqda
Jahon | 00:13
-
Avstraliyada suv toshqinlari oqibatida 100 mingdan ortiq chorva nobud bo‘ldi
Jahon | 23:24 / 01.04.2025
-
Xitoyda birinchi marta operatorlarga uchar taksilardan foydalanishga ruxsat berildi
Fan-texnika | 23:16 / 01.04.2025
-
Ukrainada 20 km masofaga ucha oladigan optik tolali FPV-dronlar sinovdan o‘tkazildi
Jahon | 23:14 / 01.04.2025
Mavzuga oid

10:12 / 31.03.2025
Namangandagi yong‘inda 4 yoshli bola halok bo‘ldi

17:01 / 28.03.2025
Jizzaxda haydovchi yoqilg‘i baki qopqog‘ini yopmagani uchun zapravka xodimini kaltakladi

12:04 / 28.03.2025
Jizzaxda 4 baliqchi hayvonot dunyosiga qariyb 1,8 mlrd so‘m zarar yetkazdi

09:08 / 26.03.2025