Dam oliş kunlarini belgilaş töğrisidagi prezident farmoniga köra, 2021 yil 2 va 3 sentyabr kunlari qöşimça dam oliş kunlari sifatida belgilangan. Şuningdek, 4 sentyabr barça xodimlar uçun, iş haftasining turidan qat'i nazar, dam oliş kuni hisoblanadi va bu uçun boşqa kuni işlab beriş şart bölmaydi.

Şu tariqa, 2021 yilda iş haftasining turidan qat'i nazar, barça xodimlar uçun 1 sentyabrdan 5 sentyabrgaça ketma-ket 5 kun dam oliş kuni hisoblanadi.

Budjet taşkilotlarida 2021 yil 2 va 3 sentyabrdagi qöşimça dam oliş kunlari har yilgi mehnat ta'tilining davomiyligini ikki iş kuniga qisqartiriş hisobiga qoplanadi. Xodimlarga mehnat ta'tili uçun töliq haq tölanadi.