Şofirkon va Denov tumanlarida yer sotiş bilan boğliq firibgarlik holatlari aniqlandi. Bu haqda Boş prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamenti xabar bermoqda.
Ma'lum qilinişiça, fuqaro N.X. Buxoro şahar hokimligi zaxirasida bölgan 16 sotix yer maydonini fuqaro X.ga 14 000 AQŞ dollariga sotişga kelişgan. U uşbu pullarni ukasi S. orqali olgan vaqtida departamentning Şofirkon tuman bölimi va viloyat DXX hamkorligida ötkazilgan tezkor tadbirda uşlangan.
Şuningdek, denovlik fuqaro Ş.P. boşqa bir fuqaro R.ga “Xazarboğ” SIU hududidan boğdorçilik yönalişida ajratilgan 3 gektar yer maydonini 20 000 AQŞ dollariga sotişini aytgan. Bu firibgar ham oldindan 3 000 AQŞ dollarini olgan vaqtida departamentning Denov tuman bölimi tomonidan ötkazilgan tezkor tadbirda qölga olingan.
Holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora beriş) bilan jinoyat işlari qözğatilib, tergov harakatlari ötkazilmoqda.
Oldinroq Buxoroda fuqaroga yer sotayotgan, Qaşqadaryo viloyatida esa tanişlari orqali dala şiyponini rasmiylaştirib bermoqçi bölgan şaxs uşlangandi.











