Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jizzax viloyatida sodir bo‘lgan YTHlarning 33 tasi haydovchilarning uxlab qolishi tufayli yuz bergani ma'lum qilindi
Joriy yilda Jizzax viloyatida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisalarining 33 tasi haydovchilarning uxlab qolishi tufayli yuz bergan. Bu haqda viloyat IIB YHXB xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, 2021 yilning o‘tgan davri mobaynida Jizzax viloyati hududida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisalarining 33 tasi haydovchilarning uxlab qolib, boshqaruvni yo‘qotishi oqibatida sodir bo‘lgan. Mazkur yo‘l-transport hodisalarida 20 nafar inson vafot etgan.
Qayd etilishicha, M39 Almati-Toshkent-Termiz xalqaro avtomobil yo‘lining Jizzax viloyati hududidan o‘tgan qismidan bir sutka davomida o‘rtacha 25-30 mingta turli transport vositalari harakatlanadi. Soha mutaxassislarining bildirishicha, to‘rt soat avtomobil boshqargan haydovchi organizmida charchoq alomatlari bo‘ladi. Shu sababli ma'lum vaqtda mashina boshqargan haydovchilarga to‘xtab dam olish tavsiya etiladi.
Mavzuga oid
12:22 / 16.05.2026
Mutlaq rekord: Toshkentda 912 marta qoida buzgan Matiz aniqlandi
11:33 / 16.05.2026
Samarqanddagi YTHda ikkita yuk mashinasi yonib ketdi
11:00 / 16.05.2026
Chilonzorda Tracker piyodani urib yubordi
08:47 / 16.05.2026