Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya harbiylari Tojikistonda yangi mashg‘ulotlar o‘tkazishni boshladi
Rossiyalik harbiylarning so‘zlariga ko‘ra, mashg‘ulotlarda “Grad” reaktiv tizimi, “Gvozdika” va “Akatsiya” artilleriya qurilmalaridan o‘t ochish mashqlari o‘tkaziladi.
Tojikistondagi Rossiya harbiylari yangi mashg‘ulotlar o‘tkazishni boshladi, deb xabar berdi Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati.
“Tojikistonda joylashgan 201-harbiy bazaning mingga yaqin harbiy xizmatchilari jangovar tayyorgarlik ko‘nikmalarini mustahkamlash uchun Lyaur va Sambuli poligonlariga chiqdi”, - deyiladi xabarda.
Xabarda aytilishicha, mashg‘ulotlar bir oy davom etadi.
Rossiyalik harbiylarning so‘zlariga ko‘ra, mashg‘ulotlarda “Grad” reaktiv tizimi, “Gvozdika” va “Akatsiya” artilleriya qurilmalaridan o‘t ochish mashqlari o‘tkaziladi. Harbiylar tog‘li hududdagi dushmanni minomyotlar orqali yo‘q qilish vazifasini bajaradi.
Markaziy harbiy okrugning ma'lumot berishicha, S-300PS zenit raketa tizimlari “Verba” va “Igla” ko‘chma zenit majmualari bilan birgalikda shartli dushmanning havodan amalga oshirgan hujumlarini qaytaradi.
Mavzuga oid
10:03 / 11.07.2026
Rossiyada BMW ruxsatsiz yig‘ilayotgani aytildi
09:19 / 11.07.2026
Rossiya Azov-Don kanali orqali kemalar harakatini chekladi
20:34 / 10.07.2026
Rossiya gazining O‘zbekistonga yetkazib berish hajmi oshishi kutilmoqda
11:50 / 10.07.2026